🌙 Tush tabiri

Tushda oʻrgimchak koʻrsa nima boʻladi

2 daqiqa 2.3K marta oʻqildi
Tushda oʻrgimchak koʻrsa nima boʻladi. Tushda oʻrgimchak koʻrgan makkor, ojiz, dangasa kishini uchratadi. Oʻrgimchak koʻrish jodu qiluvchi ayol, deb kam taʼbir qilinadi. Tushida uyida oʻrgimchak toʻrlari koʻpligini koʻrgan kishi ularni tozalamasa, kambagʻal boʻlib qoladi. Tozalasa, taqdirini oʻzgartirishga harakat qiladi. Tushida oʻrgimchak ushlaganini koʻrgan kishi nochor kimsa bilan doʻst tutinadi. Biror kishi tushida oʻrgimchakni shiftda osilib tushganini koʻrsa, oʻsha yili qish qattiq keladi.

OʻRDAK
Tushda oʻrdak koʻrish, aslzoda boy va obroʻli ayolga ishoradir. Ayol kishi tushida oʻrdak koʻrsa, xizmatkorlari koʻp, qoʻli uzun boʻlgan badavlat kimsa bil an tanishadi. Oʻrdaklar toʻdasini koʻrish boylik, arzonchilikka ishoradir.

OʻRIK
Oʻrik boʻladigan faslda tush koʻrilgan oʻrik yaxshilikka, boshqa paytda koʻrilgani qiyinchilik, xafagarchilikka ishoradir. Oʻrik daraxti kishilarga nafi tegadigan zot timsolidir.

Tushda xushboʻy oʻsimliklarni koʻrish yoki hidlash qiyinchiliklar, azoblardan qutulish, yaxshi ishlar qilish va toʻgʻri soʻzga ishora sanaladi. oʻsib turgan joyida koʻrish maqtov va tahsinga, insonni xursand qiladigan soʻzga ishoradir.

OʻTIN
Tushda oʻtin koʻrish hasad, gʻiybat va fitna, deb taʼbir qilinadi. Yelkasida yoki qoʻlida oʻtin tashiganini koʻrgan kishi yuqoridagilarni oʻziga kasb qiladi. Oʻrmondan oʻtin tashib keltirganini koʻrgan kishi hech kim bilan chiqisha olmaydi. Tushida olov yoqqanini, unda isinganini koʻrgan kishi yaxshi ish boshlaydi. Tushida oʻtin yeganini koʻrgan kishi harom mol yeydi. Bu oʻngida oʻtin bilan savalanishiga ishora boʻlishi ham mumkin.

OʻT-OʻLAN

Tushda koʻrilgan oʻt-oʻlan yaxshilik, deb taʼbir qilinadi. Kaftida oʻt oʻsganini koʻrgan kishi xotinini boshqa bilan uchratadi. Kaftining orqasida oʻt oʻsganini koʻrgan kishi dunyodan oʻtadi va qabridan oʻtoʻsadi. Biror kishining ustida oʻt oʻsgani va bu oʻtning qulogʻi hamda yuzini toʻsmaganini koʻrish arzonchilik, moʻl-koʻlchilikdir.

OʻCHOQ

Tushda oʻchoq koʻrish odamning rafiqasi, uyi, deb ta’- bir qilinadi. Tushda koʻrilgan oʻch q tuproqdan yoki ohakdan boʻlsa, uy bekasining asl emasligiga; yogʻochdan boʻlishi nifoqchiligiga; oltin-kumush yoki shunga oʻxshash qimmatbaho maʼdanlardan biridan boʻlishi xotinning aslzoda ekaniga ishoradir. Tushda oʻchoqning yonib turganini koʻrgan kishi oilasi bilan farovon hayot kechiradi. Oʻchoqda oʻt boʻlmasa, xafagarchilik alomati hisoblanadi. Olovning boʻlishi ehtiyojlarning qondirilishidir. Mashhur taʼbirchi Nablusiy: «Oʻchoq sening meʼdang, oʻtin esa oʻtgan kecha yeyilgan ogʻir taomdir», deydi

OʻQ

Biror kishi tushida oʻqni nishonga tekkizsa, uning fikri odilona, oqilona boʻladi. Otgan oʻqi moʻljaldan
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tush tabiri

Tushda chumoli koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20192.4K
Tush tabiri

Tushda mozor koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20194.3K
Tush tabiri

Tushda qamoqxona koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 201914.1K
Tush tabiri

Tushda tobut koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20194K
Tush tabiri

Tushda qariya koʻrsa nima boʻladi

24-noyabr, 20193.8K