Tushda mozor koʻrsa nima boʻladi
Tushda qabr
Tushda koʻrilgan qabr uy, salomatlik va uzoqumr, deb taʼbir qilinadi. Tushda qabri qazilganini koʻrgan kishi uyli boʻladi. Oʻzi qaziganini koʻrsa ham shunday. Tirik holida qabrga qoʻyilganini va usti yopilganini koʻrgan kishi qamaladi. Tanish mashhur kishining qabrini qaziganini koʻrgan kishi uning yoʻlidan boradi. Paygʻanbarimiz (s.a.v.) ning qabrini qazib, u yerdan bir narsalar olganini koʻrgan kishi dinda dadil boʻladi. Qabristonda yer kavlaganini koʻrgan kishining umri uzoq boʻladi.
Tushda qabriston
Qabristonda aylanib yurgani, oʻliklarga salom berganini koʻrgan kishi hamma narsadan ayriladi, tilanchilik qilishga majbur boʻladi. Oʻzi qabri ustida yalang oyoq holda tik turganini koʻrgan kishi imon bilan vafot etadi. Notanish qabrni ochganini koʻrgan kishi kimningdir sirini sezib qoladi. Yahudiy va nasroniylarning qabristonini koʻrish dunyoga mehr qoʻyish, boyish demakdir. Gʻayri muslimning qabrini ochganini koʻrgan kishiga kutilmagan odamdan meros qoladi. Bu qabrlardan biror narsa olgan kishi dushmanlarining siridan voqif boʻladi va savdosi yurishadi.
QABRISTON
Tushda qabriston koʻrish vaʼz-nasihatga, Qurʼon oʻqishga, yigʻlashga, oʻlimni eslashga, qoʻrqishga, dunyodan koʻngil uzishga ishoradir. Tushda qabriston koʻrish qoʻrqoqlar uchun ishonch, qoʻrqmaydiganlar uchun qoʻrquvdir. Qabristonga kirib oʻliklarning suyaklarini chaynaganini koʻrgan kishi tajriba va sinovdan oʻtkaziladi.
OʻQISH
Biror kishi tushida nimanidir oʻqisa, quvonchli xabar eshitadi. Aslida oʻqishni bilmagan holda, tushida oʻqiganini koʻrsa, bu tush koʻrgan kishining bundan keyin boyishiga ishora boʻladi. Biror varaq yoki kitobni oʻqiganini koʻrgan kishi merosga ega boʻladi. Varaqni tes- kari tomondan oʻqiganini koʻrgan kishi qarzga botadi. Tu- shida amal daftarini oʻqigan kishi gunohlari uchun tavba qiladi.
OʻGʻRI
Tushda oʻgʻri koʻrish kasallik va darddan darakdir. Oʻgʻrining biror narsa oʻgʻirlaganini koʻrgan kishi qotilni koʻradi. Oʻgʻrini tush koʻrish Azroil (a.s.) deb ham taʼbir qilinadi. Tushdagi oʻgʻri ayyor kishi, zino qilgan gunohkor, gʻiybatchi odam deb ham taʼbirlanadi. Tushda biror narsa oʻgʻirlash zino va sudxoʻrlikka ishoradir. Tushda koʻrilgan notanish oʻgʻri Azroil (s.a.)dir. Ugʻrilik, ayni paytda, oʻgʻrining gunoh qilishiga ishora hamdyr. Shu sababdan tu- shida oʻgʻrilik qilganini koʻrgan kishi zinoga yoʻl qoʻyadi yoki yolgʻon gapiradi. Chunki zino qilgan kishi oʻgʻri singari qilgan ishini yashiradi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!