🎵 Qoʻshiq matnlari

Kaniza - Iltijo

1.8K marta oʻqildi
Kaniza - Iltijo
Sen deb tunni bedor etsak,
Yuraklarni bemor etsak,
Dunyo ishqin bekor etsak,
Gunohimiz afv et, Olloh,
Bu baloni daf et, Olloh.

Gʻofil boʻldik, nodon boʻldik,
Goh moʻmin, goh shayton boʻldik,
Bu kun ahli iymon boʻldik,
Duoyimiz naf et, Olloh,
Bu baloni daf et, Olloh.

Ojiz holmiz, bagʻrimiz qon,
Bandalaring saqla omon,
Bizga qiyin, senga oson,
Unsiz, xunsiz zabt et, Olloh,
Bu baloni daf et, Olloh.

Sen asrasang, balo yoʻqdir,
Asramasang, davo yoʻqdir,
Sen borsanki, koʻngil toʻqdir,
Rahmingdan bir taft et, Olloh,
Bu baloni daf et, Olloh.

Ikki oʻtning orasida,
Qoldik davo chorasida,
Zor-zor yigʻlar norasida,
Goʻdaklarga rahm et, Olloh,
Bu baloni daf et, Olloh.

Ota-onam, bolam-chaqam,
Koʻz yoshimdan qondir yoqam,
Oʻzing rahmon, oʻzing hakam,
Rahmingdan bir taft et, Olloh,
Bu baloni daf et, Olloh.

Olloh, Olloh, Olloh, Olloh,
Olloh, Olloh, Olloh.
Olloh, Olloh, Olloh, Olloh, Olloh,
Gunohimiz afv et, Olloh.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!