Qilichbek Madaliyev - Oʻzbek qizlari

Bu Momo Havodan meʼros bir odat,
Ushlasa, gul ushlar qoʻlini faqat. (x2)
Oʻpsa, yomgʻir oʻpar yuzlarini ham,
Oʻpsa, yomgʻir oʻpar yuzlarin faqat,
Kuyovga chiqmagan oʻzbek qizlarin. {x2}
Jilmaysa nur yogʻar gul yanogʻidan,
Sirlarin yashirar qizgʻaldogʻidan. (x2)
Behuda izlamang hilvat bogʻidan, {x2}
Kuyovga chiqmagan oʻzbek qizlarin. {x2}
Yuragi bir daryo, mehri ulugʻvor,
Dugonasi hayo, sinfdoshi or. (x2)
Ayting, farishtadan nima farqi bor, {x2}
Kuyovga chiqmagan oʻzbek qizlarin? {x2}
Sevadi, kutadi, qiladi alam,
Ammo dorga osing – aytmas birovga.
Sevishini aytmay sevganiga ham, {x2}
Tegib ketaverar boshqa birovga! {x2}
Ushlasa, gul ushlar qoʻlini faqat. (x2)
Oʻpsa, yomgʻir oʻpar yuzlarini ham,
Oʻpsa, yomgʻir oʻpar yuzlarin faqat,
Kuyovga chiqmagan oʻzbek qizlarin. {x2}
Jilmaysa nur yogʻar gul yanogʻidan,
Sirlarin yashirar qizgʻaldogʻidan. (x2)
Behuda izlamang hilvat bogʻidan, {x2}
Kuyovga chiqmagan oʻzbek qizlarin. {x2}
Yuragi bir daryo, mehri ulugʻvor,
Dugonasi hayo, sinfdoshi or. (x2)
Ayting, farishtadan nima farqi bor, {x2}
Kuyovga chiqmagan oʻzbek qizlarin? {x2}
Sevadi, kutadi, qiladi alam,
Ammo dorga osing – aytmas birovga.
Sevishini aytmay sevganiga ham, {x2}
Tegib ketaverar boshqa birovga! {x2}
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!