🎵 Qoʻshiq matnlari

Aziza Nizamova va Shuhrat Zokirov - Bir kami toʻlmagan dunyo

3.1K marta oʻqildi
Aziza Nizamova va Shuhrat Zokirov - Bir kami toʻlmagan dunyo
Yoʻlim tushdi bir yaxshi, bir yomonlarga,
Hayronaman bunday ajib zamonlarga.
Boshim olib ketay qaysi tomonlarga?
Bir kami toʻlmagan dunyo.

Vayronaman yorning xiyonatlaridan,
Pora qalbim doʻstning jinoyatlaridan,
Aqlim lol bu turfa sinoatlaridan,
Bir kami toʻlmagan dunyo.

Telba dunyo, beor dunyo, tor dunyo,
Kimga dushman, kimga doʻstu-yor dunyo.
Yana qanday sinovlaring bor, dunyo?
Bir kami toʻlmagan dunyo. (x2)

Yana ezar mening yuragimni firoq,
Dil qorongʻu, yorishmaydi yoqsa chiroq.
Baxt yoʻli bizdan nega buncha yiroq?
Bir kami toʻlmagan dunyo.

Qanot yozib, uchmoqlikka qoʻymaydiya,
Toʻyib baxtni quchmoqlikka qoʻymaydiya,
Armonlarim yurak-bagʻrim tirnaydiya,
Bir kami toʻlmagan dunyo.

Telba dunyo, beor dunyo, tor dunyo,
Kimga dushman, kimga doʻstu-yor dunyo.
Yana qanday sinovlaring bor, dunyo?
Bir kami toʻlmagan dunyo. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!