🎵 Qoʻshiq matnlari

Sayyod va Hayot - Kerakmas

2K marta oʻqildi
Sayyod va Hayot - Kerakmas
Seni sogʻinib, ogʻrinardi bu dil,
Sen tomon talpinardi koʻngil.
Endi seni soʻramas,
Oʻzgacha oladi nafas.

Hislarim asirlagan bu – sen,
Keragim, yuragim boʻlgan sen.
Endi sen kerakmas,
Ozodman, yoʻqdir qafas.

Soʻra, borimni beraman senga,
Borim boʻlolmading nega?
Kammidi hislarim?
Borim shu, orzular uzun,
Ozorim uzundan uzun. (x2)

Xayollar sen tomon
Chorlasa ham, ishon,
Borolmasman endi,
Unutarman seni.

Yillar ham oʻtar,
Yurakka dard botar.
Seni eslatgan
Oʻsha xotiralar.

Yozilgan maktublarda,
Qilingan orzular endi yoʻq, endi yoʻq.
Ayro bu yoʻllardan
Ketarmiz har tomonga,
Baxtli boʻl, baxtli boʻl.

Soʻra, borimni beraman senga,
Borim boʻlolmading nega?
Kammidi hislarim?
Borim shu, orzular uzun,
Ozorim uzundan uzun. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!