🎵 Qoʻshiq matnlari

Farrux Xamrayev - Allohdan qoʻrqsak edi

1.9K marta oʻqildi
Farrux Xamrayev - Allohdan qoʻrqsak edi
Qarang, bugun hammaning yuzlarida bor niqob,
Bahorda yogʻdi qorlar, yuz oʻgirdi ham oftob.

Koʻzlarimizni ochib, tavbalar qilsak edi,
Vabodan qoʻrqqanchalik Allohdan qoʻrqsak edi. (x2)

Oqibatni unutgan insonlarga soʻzim bor,
Diydoringni sogʻingan uyda ota-onang bor.

Balo keldi demanglar, bu ham bir hikmat edi,
Vabodan qoʻrqqanchalik Allohdan qoʻrqsak edi. (x2)

Masjidlarga borolmay qoldi hatto odamlar,
Birga safda turolmay qoldi hatto odamlar.

Alloh qahri keldimi, “Juma”ga chiqsak edik,
Vabodan qoʻrqqanchalik Allohdan qoʻrqsak edik. (x2)

Yerga urib ayolni, yechtirdilar hijobni,
Yerga otib roʻmolni, kuydirdilar hijobni.

Dunyo oʻrandi baribir, bu Alloh amri edi,
Vabodan qoʻrqqanchalik Allohdan qoʻrqsak edi. (x3)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!