Akbarali Ochilov - Yigʻlatdim

Xayr, senga aytdim shu sovuq soʻzni,
Xayr, deb yigʻlatdim sen – qorakoʻzni.
Qolding xotiramda umrbod munglig‘,
Seni yigʻlatmadim, yigʻlatdim oʻzni. (x1+x1)
Qolding xotiramda umrbod munglig‘,
Seni yigʻlatmadim, yigʻlatdim oʻzni.
Netay, odamzodga aql bitmasa,
Toshga borib tegmaguncha bosh?
Ishq uchun yurakning oʻzi yetmasa,
Vaqt kerak boʻlsa va yana bardosh? {x2}
Vaqt ham topilar, balki bardosh ham,
Huzuringga balki bir kun qayturman.
Salom, degan soʻzni qay yuz-la u dam,
Xayrdan soʻng senga yana ayturman?
Salom, degan soʻzni qay yuz-la u dam,
Xayrdan soʻng senga yana ayturman?
Netay, odamzodga aql bitmasa,
Toshga borib tegmaguncha bosh?
Ishq uchun yurakning oʻzi yetmasa,
Vaqt kerak boʻlsa va yana bardosh? {x2}
Aytilgan soʻz, axir, otilgan oʻqdir,
Sevgimiz koʻksiga sanchildi shu oʻq.
Bu yorug‘ jahonda senga baxt yoʻqdir,
Menga ham dunyoning dunyoligi yoʻq. (x1+x1)
Xayr, senga aytdim shu sovuq soʻzni,
Xayr, deb yigʻlatdim sen – qorakoʻzni.
Soʻz boshqa, yurakda yongan dard boshqa,
Seni yigʻlatmadim, yigʻlatdim oʻzni.
Xayr, deb yigʻlatdim sen – qorakoʻzni.
Qolding xotiramda umrbod munglig‘,
Seni yigʻlatmadim, yigʻlatdim oʻzni. (x1+x1)
Qolding xotiramda umrbod munglig‘,
Seni yigʻlatmadim, yigʻlatdim oʻzni.
Netay, odamzodga aql bitmasa,
Toshga borib tegmaguncha bosh?
Ishq uchun yurakning oʻzi yetmasa,
Vaqt kerak boʻlsa va yana bardosh? {x2}
Vaqt ham topilar, balki bardosh ham,
Huzuringga balki bir kun qayturman.
Salom, degan soʻzni qay yuz-la u dam,
Xayrdan soʻng senga yana ayturman?
Salom, degan soʻzni qay yuz-la u dam,
Xayrdan soʻng senga yana ayturman?
Netay, odamzodga aql bitmasa,
Toshga borib tegmaguncha bosh?
Ishq uchun yurakning oʻzi yetmasa,
Vaqt kerak boʻlsa va yana bardosh? {x2}
Aytilgan soʻz, axir, otilgan oʻqdir,
Sevgimiz koʻksiga sanchildi shu oʻq.
Bu yorug‘ jahonda senga baxt yoʻqdir,
Menga ham dunyoning dunyoligi yoʻq. (x1+x1)
Xayr, senga aytdim shu sovuq soʻzni,
Xayr, deb yigʻlatdim sen – qorakoʻzni.
Soʻz boshqa, yurakda yongan dard boshqa,
Seni yigʻlatmadim, yigʻlatdim oʻzni.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!