🎵 Qoʻshiq matnlari

Ziyoda va Xamdam Sobirov - Olib ket

1 daqiqa 2.6K marta oʻqildi
Ziyoda va Xamdam Sobirov - Olib ket
[Hamdam]
Xayolim joyidamas, aqldan ozdim,
Toʻgʻri yoʻl tanlamadim, baxtimdan qochdim.
Hiylayu-fitnalarga yuragimdan joy berdim,
Nahotki, qoʻlimdagi omadimni boy berdim?

Nimalar yoʻqotdim, nimalarni topdim,
Orzularim yoʻlini birin-ketin yopdim.
Balki bu sinovmi yoki taqdir peshona,
Meni ado qilmasaydi shu kichkina xona.

[Ziyoda]
Qaytadimi hayotimga men yoʻqotgan bahorlar,
Aytadimi suyukligim qulogʻimga izhorlar?
Kulsam, endi meni yigʻlatmanglar,
Yerda yursam, bas yashashni menga oʻrgatmanglar.

Toʻrt devor orasidaman, olib ket, olib ket,
Qara, men jar yoqasidaman olib ket, olib ket,
Endi kimlar qafasidaman olib ket, olib ket, olib ket.

[Hamdam]
Qani endi hammasini oq qogʻozdan boshlasam,
Bu holatda boʻlmasmidim toʻgʻri qadam tashlasam?
Kim aslida kimligini hozirgidek bilsaydim,
Koʻzlariga qarab turib, yolgʻonlarin koʻrsaydim.

Yaqin insonlarimni, qadrimni yoʻqotmasdim,
Ikki dunyo xiyonatning botqogʻiga botmasdim.
Balki bu sinovmi yoki taqdir peshona,
Meni ado qilmasaydi shu kichkina xona.

[Ziyoda]
Qaytadimi hayotimga men yoʻqotgan bahorlar,
Aytadimi suyukligim qulogʻimga izhorlar?
Kulsam, endi meni yigʻlatmanglar,
Yerda yursam, bas yashashni menga oʻrgatmanglar.

Toʻrt devor orasidaman, olib ket, olib ket,
Qara, men jar yoqasidaman olib ket, olib ket,
Endi kimlar qafasidaman olib ket, olib ket, olib ket.

Men bugun yana zulmatda yonaman,
Ucholmayman, shu qafasda qolaman.
Azoblarim qanchadan qancha,
Dardlarim anchadan ancha.
Ey, hayot qiynama buncha,
Qiynaldim qancha.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!