Akbarali Ochilov - Binafshani sogʻinib

Binafshani sogʻindim-ey,
Ochilmaydi qatlari.
Muncha uzun poyonsizdir
Sovuq qishning hadlari?
Dovdir yellar keltiradi
Qishning achchiq zahrini,
Bahor uzra tinmay hamon
Ayoz toʻkar qahrini. (x2)
Boʻztoʻrgʻaylar osmoniga
Qargʻa-quzgʻun joylanmish,
Boychechagim qaylardadir
Zanjir bilan boylanmish.
Binafshaning mushtchalari
Tugilgani tugilgan,
Yelkasida kulrang osmon
Ipdek qaddi bukilgan. (x2)
Oʻtgan yilning yaproqlari
Bogʻlar ichra chirindi,
Mening behad toza bogʻim
Bugun mungli koʻrindi.
Xazon aro koʻksin yogʻir
Maysalar nish urmasmi?
Kechga qolgan turnalarim
Argʻimchogʻin qurmasmi?
Binafshani sogʻindim-ey,
Ochilmaydi qatlari.
Muncha uzun poyonsizdir
Sovuq qishning hadlari?
Gulga oʻrab oʻy-xayolni,
Chamanga burgim kelar.
Men sevganim u ayolni
Atlasda koʻrgim kelar.
Men sevganim u ayolni
Atlasda koʻrgim kelar. (x2)
Ochilmaydi qatlari.
Muncha uzun poyonsizdir
Sovuq qishning hadlari?
Dovdir yellar keltiradi
Qishning achchiq zahrini,
Bahor uzra tinmay hamon
Ayoz toʻkar qahrini. (x2)
Boʻztoʻrgʻaylar osmoniga
Qargʻa-quzgʻun joylanmish,
Boychechagim qaylardadir
Zanjir bilan boylanmish.
Binafshaning mushtchalari
Tugilgani tugilgan,
Yelkasida kulrang osmon
Ipdek qaddi bukilgan. (x2)
Oʻtgan yilning yaproqlari
Bogʻlar ichra chirindi,
Mening behad toza bogʻim
Bugun mungli koʻrindi.
Xazon aro koʻksin yogʻir
Maysalar nish urmasmi?
Kechga qolgan turnalarim
Argʻimchogʻin qurmasmi?
Binafshani sogʻindim-ey,
Ochilmaydi qatlari.
Muncha uzun poyonsizdir
Sovuq qishning hadlari?
Gulga oʻrab oʻy-xayolni,
Chamanga burgim kelar.
Men sevganim u ayolni
Atlasda koʻrgim kelar.
Men sevganim u ayolni
Atlasda koʻrgim kelar. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!