🎵 Qoʻshiq matnlari

Shohruhxon - Begonam

1.9K marta oʻqildi
Shohruhxon - Begonam
Begonam, koʻzlaring buncha nam?
Begonam, ne sabab yuzda gʻam, ayt bu dam?
Menmasmi senga kam, begonam?
Begonam, aylanar bu olam, begonam,
Yetmagay hech nolam, men uchun
Bilsayding, sen ham kam, begonam.

Anglamadim soʻzlaringda muhabbatingni, yor,
Koʻrolmadim koʻzlaringda armonlarimni, yor.
Anglamading, anglamading sen mening sevgim, yor,
Sen endi armon, baxt yuzi hijron,
Sevgimni bir on anglamading.

Ne alam, endi biz ushbu dam
Bir olam ichra bor boʻlsak ham ayromiz,
Sen-u men sevgidan begona.
Har qadam qiynagay dard-alam,
Zarra ham bunga yoʻq bir malham,
Dardimiz tushunmas hech odam, begonam, begonam.

Anglamadim soʻzlaringda muhabbatingni, yor,
Koʻrolmadim koʻzlaringda armonlarimni, yor.
Anglamading, anglamading sen mening sevgim, yor,
Sen endi armon, baxt yuzi hijron,
Sevgimni bir on anglamading.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!