🎵 Qoʻshiq matnlari

Farrux Xamrayev - Bevafo yor toʻying muborak

2.1K marta oʻqildi
Farrux Xamrayev - Bevafo yor toʻying muborak
Yorim, bugun toʻying, koʻzlaringda yosh,
Yarashibdi qara, yoningda sirdosh. (x2)
Nechun ayrildik biz, taqdir beshafqat,
Ortingdan qoldi koʻzlarim qarab.

Bevafo yor, toʻying muborak!
Bevafo yor, toʻying muborak! (x2)

Shu qoʻshigʻim yozdim men senga atab,
Oq libosdan menga turmagin qarab. (x2)
Mendan ketganingga bormikan sabab?
Oydek yuzlaringga toʻymadim qarab.

Bevafo yor, toʻying muborak!
Bevafo yor, toʻying muborak! (x2)

Oʻzga yor bagʻriga qoʻyar boʻlding bosh,
Nahot, shu yuraging boʻlgan ekan tosh? (x2)
Bu azobga yurak berolmas bardosh,
Ohu koʻzlaringdan oqar boʻldi yosh. (x2)

Bevafo yor, toʻying muborak!
Bevafo yor, toʻying muborak! (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!