🎵 Qoʻshiq matnlari

Farrux Xamrayev - Azi

1 daqiqa 1.7K marta oʻqildi
Farrux Xamrayev - Azi
Azi-zi-zi-zam, azi-zi-zi-zam,
Azi-zi-zi-zam, azizam. (x2) (yeah)

Oʻrtacha boʻylari edi, sochlari ham uzun emas,
Labida holi bor, lekin oddiy emas,
Aziza shunaqa, “peshexod”ga qaramas, shunaqa yaramas.
Ozgina erkatoy edi, degani muhayyo edi,
Orqasida oshigʻi sochidan ham koʻp edi,
Aziza shunaqa, oilasi toʻq edi, hammaga yoqadigan uning koʻzi koʻk edi.

Ismi uzun emas edi, 5 ta harfdan iborat edi,
Boshidan oʻqisa ham Aziza, oxiridan oʻqisa ham Aziza,
Umuman oʻzgarmaydigan Aziza.
Maniyam ishim joyida, mashina tagimda,
Gucci, Armani egnimda, eski ogʻaynilar, qadrdonlar yonimda,
Asalning oʻzlari – Aziza toʻgʻrimda.

Oʻtirib mashinasiga, qarab qoʻydi asta oynasiga,
Nimadir dedi keyin dugonasiga, koʻzlarini manga suzib,
Birdaniga qaytdi orqasiga, Azi orqasiga.
Keyin man bordim yoniga, chiqib Azining yoʻliga,
Nomerim qogʻozga yozib, uni man berdim qoʻliga,
Muzladim qarab koʻziga, Azining koʻziga.

Shu kecha kayfiyatim zoʻr,
Azidan boshqa qizlarga mani koʻzlarim boʻlib qoldi koʻr,
Chunki hech kimga oʻxshamaydigan ajoyib sayyoradan u,
Boshqa dunyo u.

Azi-zi-zi-zam, azi-zi-zi-zam,
Azi-zi-zi-zam, azizam. (x2) (yeah)

Ertasiga shirin ovoz begona nomerdan,
Allo degan shirin ovoz yuragim urishining tezligini oshirib,
Bir zumda mani qoʻydi shoshirib, bu manimcha Azi.
Salom berishga aqli yetmagan, bolalarga salom bermagan,
Azi shunaqa boshin egmagan, lekin uyalib dedi assalom,
Manga yoqib qoldingiz xullas kalom.

Shu bilan ertagimizni boshladik shirin orzular bilan,
Yoniga bordim har kuni gullar bilan,
Ayamadim undan hech nimani, yoqqim kelmas edi unga pullar bilan.
Aziza kibrli koʻrinsada, uncha-munchani mensimasada,
Judayam yaxshi qiz ekan, ichida tashvishi, ancha-muncha dardi bor ekan,
Ha bor ekan.

Ochiq havoda shahar aylanib yurdik, bir-birimizga boylanib,
Negadir yuragimda hayajon, chunki borar edim Aziga oʻrganib,
Ha oʻrganib.
Shu paytgacha urushmadik hecham, Azi bilan hecham,
Aziyam oʻzgarib, mani jonidan sevib,
Mehr berishdi hatto mani oilam, toʻy qilamiz-a Xudo hohlasa ixcham.

Mana shunaqa tema bizlarda, yurak ham bor ekanu qizlarda,
Erkak boʻlib ularni asrasak, qizlar qolib ketmas ekan koʻchada,
Yoki bir chekkada, ha koʻchada.
Aziza mana ancha oʻzgarib, yuzimni yelkasida koʻtarib,
Farzandlarimga ona boʻldi uyda oʻtirib,
Yuzlarimni yorug‘ qilib, hatto bolalarni oʻqitib.

Azi-zi-zi-zam, azi-zi-zi-zam,
Azi-zi-zi-zam, azizam. (x2) (yeah)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!