🎵 Qoʻshiq matnlari

Qahramon Toʻxtasinov - Jannat ekan

4.9K marta oʻqildi
Qahramon Toʻxtasinov - Jannat ekan
Men bir dalli devonaman, balkida nodon,
Foniy dunyo ichra edi bagʻrim meni qon. (x2)
Huzuringdan oʻzga huzur yoʻq menga, janon, {x2}
Jannat ekan quchoqlaring, chiqib ketolmadim. {x2}

Bilmay kirib qoldim, netay, gulzorlaringga,
Oromijon naqsh olma-yu, nokzorlaringga. (x2)
Boshim qoʻyib, jon bersaydim gumonlaringga, {x2}
Jannat ekan quchoqlaring, chiqib ketolmadim. {x2}

Ey gulbadan, marjon boʻlib boʻyningda qolsam,
Oʻlgunimcha quchogʻingda, qoʻyningda qolsam. (x2)
Xudo ursin, oʻzgalarga gar nazar solsam, {x2}
Jannat ekan quchoqlaring, chiqib ketolmadim. {x2}

Jannat ekan quchoqlaring, chiqib ketolmadim, {x2}
Chiqib ketolmadim…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!