🎵 Qoʻshiq matnlari

Bahriddin Zuhriddinov - Arazchim

2K marta oʻqildi
Bahriddin Zuhriddinov - Arazchim
Arazchim, oʻtasan indamay,
Arazchim, ketasan indamay.
Ayt, nega bunchalar qiynading,
Kulib-kulmay, dardim bilmay? (x2)

Kel endi, nozlaring qilgin bas,
Qovogʻing ochgin bir nafas.
Bir bora kelgin, bir bora kulgin,
Tugasin bu hol, bu araz. (x2)

Tun kecha porlagan yulduzim,
Ey, yurakdan tinglagin chin soʻzim.
Koʻzlaring aytadi koʻrganda,
Sogʻingansan sen ham oʻzi.

Tun kecha porlagan yulduzim,
Yurakdan tinglagin chin soʻzim.
Koʻzlaring aytadi koʻrganda,
Sogʻingansan sen ham oʻzi.

Kel endi, nozlaring qilgin bas,
Qovogʻing ochgin bir nafas.
Bir bora kelgin, bir bora kulgin,
Tugasin bu hol, bu araz. (x2+x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Samadjon Ruzmetov - Yor-yor

15-aprel, 20204.7K