🎵 Qoʻshiq matnlari

Umar Mahkamboyev - Qani-qani

2.8K marta oʻqildi
Umar Mahkamboyev - Qani-qani
Tashlab ketib qiynadi,
Kuydirdiyu kuymadi,
Suydim man, u suymadi,
Qani-qani sevgim mani? (x2)

Bergan vaʼdalari qani?
Nozu-ishvalari qani?
Kulgu, jilvalari qani?
Qani-qani sevgim mani? (x2)

Vaʼda etib shirin visol,
Qayon ketdi qoshi hilol?
Hayosi bor, jafosi bor,
Qani-qani bevafo yor? (x2)

Bergan vaʼdalari qani?
Nozu-ishvalari qani?
Kulgu, jilvalari qani?
Qani-qani sevgim mani? (x2)

Azob, azob…

Bunday sevmoq azob ekan,
Yorim soʻzlari lof ekan,
Yurgan yoʻlim girdob ekan,
Yakson boʻldi koʻnglim mani.

Unutarman bora-bora,
Bevafo yora, yora.
Kunlar oʻtib, qoʻnsa zora
Boshimga baxt qushim mani. {x2}

Bergan vaʼdalari qani?
Nozu-ishvalari qani?
Kulgu, jilvalari qani?
Qani-qani sevgim mani? (x2)

Tashlab ketib qiynadi,
Kuydirdiyu kuymadi,
Suydim man, u suymadi,
Qani-qani sevgim mani? (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Samadjon Ruzmetov - Yor-yor

15-aprel, 20204.7K