🎵 Qoʻshiq matnlari

Imron - Onam

1.7K marta oʻqildi
Imron - Onam
Har birimiz uchun doim
Bir emas qirq joningiz fido.
Sizni shunday, onajonim,
Yaratganda asli Xudo. (x2)

Baxtimizni tilagaysiz,
Ahdimizni tilagaysiz,
Hali-hanuz bolam deya,
Kuyib-pishib tinmagaysiz.

Hali-hanuz bolam deya,
Kuyib-pishib tinmagaysiz.

Yuragimsiz, hayotimsiz onam, jonim onam,
Qoʻshigʻimsiz, bayotimsiz onam, jonim onam.
Oyoqlaringiz osti jannat boʻlganda ham zotan,
Kamyobimsiz, noyobimsiz, mening feruza onam.

Xudo bergan eng bebaho,
Siz mening bor boyligimsiz.
Hurlar aro, gullar aro,
Hammadan chiroyligimsiz.

Baxtimizga omon boʻling,
Boshimizda har on boʻling.
Yuz yoshda ham mana shunday
Gulday xoji onam boʻling.

Yuragimsiz, hayotimsiz onam, jonim onam,
Qoʻshigʻimsiz, bayotimsiz onam, jonim onam.
Oyoqlaringiz osti jannat boʻlganda ham zotan,
Kamyobimsiz, noyobimsiz, mening feruza onam. (x2)

Kamyobimsiz, noyobimsiz, mening feruza onam...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Qoʻshiq matnlari

Rustam Mahmudov - Sevdim seni

16-aprel, 20201.5K