Dilmurod Sultonov - Musofirlar

Aziz boshing omonmi, deb safarlarda,
Onaizor nola qilar saharlarda,
Rizqin izlab, yurib olis tomonlarda,
Har kun hijron zahrin yutgan musofirlar,
Yurt sogʻinchi jondan oʻtgan musofirlar. (x2)
Aylanadi, oʻtib borar vaqt millari,
Musofirga asrdayin oy-yillari. (x2)
Yaqinlarin qoʻmsaganda koʻngillari,
Suratlarin quchib yotgan musofirlar,
Yurt sogʻinchi jondan oʻtgan musofirlar. (x2)
Biri ketgan yolgʻiz ukam oʻqitay deb,
Chakki tomgan eski tomim tuzatay deb, (x2)
Boʻyi yetgan singillarim uzatay deb,
Umid bilan olis ketgan musofirlar,
Yurt sogʻinchi jondan oʻtgan musofirlar.
Oʻgʻil-qizin sogʻinardi bir kundayoq,
Endi esa yil oʻtmoqda oʻrtab firoq,
Yorishmaydi yuragiga yoqsang chiroq,
Bolam, deya maʼyus tortgan musofirlar,
Yurt sogʻinchi jondan oʻtgan musofirlar.
Izgʻirinlar joningizdan oʻtmadimi?
Nahot, hamon qaytmoq oni yetmadimi?
Kulib turib yuzlarida tabasummi,
Koʻzlarida yoshlar qotgan musofirlar,
Yurt sogʻinchi jondan oʻtgan musofirlar.
Tuprogʻi zar, har qarichi aziz makon,
Izlasangiz, topilgaydir ming bir imkon,
Oʻz yurtida qadr topgay har bir inson,
Hijronlarga vido ayting, musofirlar,
Yurt bagʻriga qayting endi, musofirlar. (x2)

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!