Azim Mullaxonov - Oʻzingmasmu

Koʻngil bergan, meni sevgan,
Guldek yashnab, jon baxsh etgan oʻzingmasmu?
Qaro koʻzlar, asal soʻzlar
Ila meni maftun qilgan oʻzingmasmu?
Kunduzmisol, yulduzmisol
Chaqnab-chaqnab, ziyo sochgan oʻzingmasmu?
Qalbim olib, soʻzdan tonib,
Qiyo boqmay, keyin ketgan oʻzingmasmu?
Sevarman, jonim, begumon,
Mushtoqman bir-bor koʻrgali.
Intilar qalbim sen tomon,
Istamas sendan oʻzgani.
Oʻngu-tushim, esu-hushim,
Butunlayin egallagan oʻzingmasmu?
Atab yori-intizorim,
“Vafodorman”, deya aytgan oʻzingmasmu?
Shoʻx-shoʻx yurgan, nafis kulgan,
Maning bilan bogʻlar kezgan oʻzingmasmu?
Qalbim olib, soʻzdan tonib,
Qiyo boqmay, keyin ketgan oʻzingmasmu?
Sevarman, jonim, begumon,
Mushtoqman bir-bor koʻrgali.
Intilar qalbim sen tomon,
Istamas sendan oʻzgani. (x1+x1)
Guldek yashnab, jon baxsh etgan oʻzingmasmu?
Qaro koʻzlar, asal soʻzlar
Ila meni maftun qilgan oʻzingmasmu?
Kunduzmisol, yulduzmisol
Chaqnab-chaqnab, ziyo sochgan oʻzingmasmu?
Qalbim olib, soʻzdan tonib,
Qiyo boqmay, keyin ketgan oʻzingmasmu?
Sevarman, jonim, begumon,
Mushtoqman bir-bor koʻrgali.
Intilar qalbim sen tomon,
Istamas sendan oʻzgani.
Oʻngu-tushim, esu-hushim,
Butunlayin egallagan oʻzingmasmu?
Atab yori-intizorim,
“Vafodorman”, deya aytgan oʻzingmasmu?
Shoʻx-shoʻx yurgan, nafis kulgan,
Maning bilan bogʻlar kezgan oʻzingmasmu?
Qalbim olib, soʻzdan tonib,
Qiyo boqmay, keyin ketgan oʻzingmasmu?
Sevarman, jonim, begumon,
Mushtoqman bir-bor koʻrgali.
Intilar qalbim sen tomon,
Istamas sendan oʻzgani. (x1+x1)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!