Otabek Muhammadzohid - Sham

Yor yotar noz uyquda, unga ziyo boʻlgʻusi sham,
Tonggacha ishq oʻtida yonib ado boʻlgʻusi sham. (x2)
Lol boʻlib yor husniga, har tomon sallolanadi,
Oʻzicha unsiz soʻzlab, telbanamo boʻlgʻusi sham. (x2)
Yor yotar noz uyquda…
Ohlari koʻkka ketar, jismi aro bir dud boʻlib, {x2}
Bedavo ishqqa maningdek mubtalo boʻlgʻusi sham. {x2}
Yor yotar noz uyquda…
Kuyinma aslo Karim, bir kechalik sham holiga,
Koʻksingda yongan oʻtdan yana paydo boʻlgʻusi sham. (x2)
Koʻksingda yongan oʻtdan yana paydo boʻlgʻusi sham…

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!