🎵 Qoʻshiq matnlari

Sardor Toirov - Hasrat

3.6K marta oʻqildi
Sardor Toirov - Hasrat
Mana hanuz boʻz koʻzlarimni bir hijron toʻsar,
Yoki umrim chogʻim har dam bu dardlar bezar.
Yodu-fikrim ne zamonki, oʻtlarga solib,
Sevgidan kelgan alamlar bagʻrimni ezar.

Bilmadim qay bir fursat begonalar boʻldi u yor,
Bilmadim qay bir xato ayriliqqa etdi duchor.
Bilmadim sevgi aybmi yo sevgan dilmi gunohkor,
Bilmadim, bilolmadim, bilganim shu – begona yor!

Hasratim bor, koʻksim uzra bu dardim talay,
Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay?
Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay,
Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan soʻray? (x2)

Ne dard bu, darmoni hijron, dilni qiynar har on oh yomon,
Ne gʻam bu, farmoni armon, dilni qiynar har on begumon.
Kundan kun qiynar hijron, yor, vasling endi armon,
Bir lahza endi seni koʻrmoqqa yoʻqdir imkon.
Koʻksimda hijron dardi, qaylarda boʻlma mayli, boʻl omon,
Boʻl omon.

Hasratim bor, koʻksim uzra bu dardim talay,
Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay?
Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay,
Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan soʻray? (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!