🎵 Qoʻshiq matnlari

Lola Ahmedova - Bilmading

2.8K marta oʻqildi
Lola Ahmedova - Bilmading
Bilmading, jonim bilmading,
Seni sevib yoningda boʻlganimni.
Bilmading, sira bilmading,
Seni sevgim deya tan olganimni.

Ket deding – ketdim, seni tark etdim,
Qalbimda faqat xotira.
Sev deding – sevdim, borligʻim berdim,
Lekin buni bilmading sira.

Nima qildim yigʻlab, oʻz qalbimni tigʻlab,
Faqat dilim boʻldiku xira.
Yoninggda edim yoʻqday, soʻndi sevgimiz choʻgʻday,
Endi qaytma ortingga sira.

Bilmading, jonim bilmading,
Seni sevib yoningda boʻlganimni.
Bilmading, sira bilmading,
Seni sevgim deya tan olganimni.

Quvonardim koʻrsam, agar yoningda boʻlsam,
Yashar edim senga talpinib.
Yashayabman sensiz, sen ham, qaragin, mensiz,
Taqdirga tan berdik oxiri.

Nima qildim yigʻlab, oʻz qalbimni tirnab,
Faqat dilim boʻldiku xira.
Yoninggda edim yoʻqday, soʻndi sevgimiz choʻgʻday,
Endi qaytma ortingga sira.

Bilmading, jonim bilmading,
Seni sevib yoningda boʻlganimni.
Bilmading, sira bilmading,
Seni sevgim deya tan olganimni.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!