🎵 Qoʻshiq matnlari

Jambul Muhammedov - Sogʻingandirsiza onam

1.8K marta oʻqildi
Jambul Muhammedov - Sogʻingandirsiza onam
Koʻzim nuri, oqu-qoram,
Omonmi deb jonim bolam,
Bir-bir boqib mening xonam,
Sogʻingandirsiz-a, onam?

Yoʻqlamayman kunda borib,
Kelma, deysiz ishdan qolib.
Sogʻinmadim, deya tonib,
Sogʻingandirsiz-a, onam?

Begʻuborim onam-onam,
Yoʻgʻu-borim onam-onam.
Bir-bir qarab mening xonam,
Sogʻingandirsiz-a, onam?

Vaqtlar oʻtib ketdi hamon,
Eslolmadim kunda bir on.
Men sogʻindim, mendan yomon
Sogʻingandirsiz-a, onam?

Daryodayin oqar vaqtlar,
Sirdosh boʻldi mensiz dardlar.
Dildan ketib halovatlar,
Sogʻingandirsiz-a, onam?

Begʻuborim onam-onam,
Yoʻgʻu-borim onam-onam.
Bir-bir qarab mening xonam,
Sogʻingandirsiz-a, onam?

Olislardan sezar ohim,
Duolari doʻst panohim.
Poyi jannat, qiblagohim,
Sogʻingandirsiz-a, onam?

Qoʻmsadim koʻz-qoshinggizni,
Mehr qoʻshgan oshinggizni.
Bildirmayin yoshinggizni,
Sogʻingandirsiz-a, onam?

Begʻuborim onam-onam-onam,
Yoʻgʻu-borim onam-onam.
Bir-bir qarab mening xonam,
Sogʻingandirsiz-a, onam?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!