🎵 Qoʻshiq matnlari

Afruz guruhi - Onam

1.8K marta oʻqildi
Afruz guruhi - Onam
Betob boʻlsam, qoshimda tunagan,
Uyqu neligini bilmagan,
Yaratgandan baxtim soʻragan,
Onam, mening onam.

Dard boshimga tushsa, kulmagan,
Oʻzidan ham koʻproq oʻylagan,
Bunday mehr hech kim bermagan,
Onam, mening onam.

Mehribonim, borligim mening,
Dunyoda sizga zorligim mening,
Sirdoshim, azizam mening,
O, mani baxtim onam, onam mening. (x2)

Duolaringiz sabab, onam,
Omadim hamrohdir har dam.
Doʻstu-yorlar sotganda ham,
Bir soʻzingiz boʻldi malham. (x2)

Mehribonim, borligim mening,
Dunyoda sizga zorligim mening,
Sirdoshim, azizam mening,
O, mani baxtim onam, onam mening. (x2)

Yoshlik qilib, kechiring, onam,
Koʻnglingizni ranjitgan boʻlsam.
Sizla menga kengdir olam,
Qani, hamma dardingiz olsam.

Mehribonim, borligim mening,
Dunyoda sizga zorligim mening,
Sirdoshim, azizam mening,
O, mani baxtim onam, onam mening. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!