🎵 Qoʻshiq matnlari

Moʻminjon Ablikim va Gulsanam Mamazoitova - Sevgilim

2.8K marta oʻqildi
Moʻminjon Ablikim va Gulsanam Mamazoitova - Sevgilim
[Moʻminjon Ablikim]
Sensiz oʻtgan kechalar,
Sensiz yurgan koʻchalar,
Zerikarli bunchalar?
Zerikdim-a, sevgilim. (x2)

[Gulsanam Mamazoitova]
Ichimdan jon uzilib,
Yigʻlayverdim ezilib.
Oʻrning yomon sezilib,
Ichikdim-a, sevgilim. (x2)

[Gulsanam Mamazoitova va Moʻminjon Ablikim]
Yarmim hijron, yarmim baxt,
Yarmim shodlik, yarmim dard.
Yolgʻizing boʻlgani, ayt,
Kechikdim-a, sevgilim? (x2)

[Moʻminjon Ablikim]
Sen goʻzal, isming goʻzal,
Mehring-u, koʻngling goʻzal.
Shu ekan taqdir azal,
Ne dey yana, sevgilim? (x2)

[Gulsanam Mamazoitova]
Suvning tinigʻidirsan,
Ichsam iligʻidirsan,
Oʻylab-yigʻlab quchganim,
Koʻnglim sinigʻidirsan. (x2)

[Gulsanam Mamazoitova va Moʻminjon Ablikim]
Yarmim hijron, yarmim baxt,
Yarmim shodlik, yarmim dard.
Yolgʻizing boʻlgani, ayt,
Kechikdim-a, sevgilim? (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!