🎵 Qoʻshiq matnlari

Shohruhxon - Sevmadimmi

1.9K marta oʻqildi
Shohruhxon - Sevmadimmi
“Men seni sogʻinganim rost”, – dema,
“Tinglagim kelmas sendan soʻz”, – dema,
Vaqtida qadringni men bilmadim, bilmadim,
“Men senga ishonmayman, yoʻq”, – dema.

Ishonchingni soʻndirganim boʻldimi senga qoya?
Soʻnggi bora imkon bergin menga, boʻlar kifoya.
Osmonga qarab kechalari, qildim ming nola,
Oʻzimga ayon, etma bechora.

Sevmadimmi, yonmadimmi,
Kutgan mehringni balki bermadimmi?
Sevmadimmi, yonmadimmi,
Qadringni vaqtida men bilmadimmi?
Sevmadimmi?

Aldadi meni makru-xiylalar,
Eslasam hamon yurak qiynalar,
Bilmadim oxirini oʻylamay, oʻylamay,
Bugun esa yurak-bagʻrim tirnalar.

Ishonchingni soʻndirganim boʻldimi senga qoya?
Soʻnggi bora imkon bergin menga, boʻlar kifoya.
Osmonga qarab kechalari, qildim ming nola,
Oʻzimga ayon, etma bechora.

Sevmadimmi, yonmadimmi,
Kutgan mehringni balki bermadimmi?
Sevmadimmi, yonmadimmi,
Qadringni vaqtida men bilmadimmi?
Sevmadimmi? (x1+x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!