Yulduz Usmonova - Olloh biladi

Yomgʻir ezib, ezilib yigʻlar,
Yomgʻir emas, koʻz yoshlar oqar.
Baxtin izlab koʻchaga chiqqan,
Adashib bitgan qizlar yigʻlar.
Buni kechirmas ham zamon,
Ham Momo Havomiz.
Hatto kechirmas bizlarga
Buyuk Odam Atomiz.
Aldanganman deb oʻylamang,
Hayotingizdan sovumang,
Aldaganlar aldanar bir kun.
Agar yashasak koʻramiz,
Hali koʻp xato qilamiz,
Aldaganlar aldanar bir kun.
Har tunning bir kunduzi bor,
Oy tanhomas – yulduzi bor,
Har yetimning sohibi bordir.
Agar yashasak koʻramiz,
Hali koʻp xato qilamiz,
Aldaganlar aldanar bir kun.
Yetimlarning haqqin yeganda,
Qariyalarni xor qilganda,
Yosh bola qizlarning zavoli,
Tutar bizni ular uvoli.
Buni kechirmas ham zamon,
Ham Momo Havomiz.
Hatto kechirmas bizlarga
Eng buyuk Odam Atomiz.
Har tunning bir kunduzi bor,
Oy tanhomas – yulduzi bor,
Har yetimning sohibi bordir.
Agar yashasak koʻramiz,
Hali koʻp xato qilamiz,
Alloh bizni topadi bir kun.
Aldanganman deb oʻylamang,
Hayotingizdan sovumang,
Aldaganlar aldanar bir kun.
Agar yashasak koʻramiz,
Hali koʻp xato qilamiz,
Aldaganlar aldanar bir kun.
Rahmon bizni topadi bir kun…
Yomgʻir emas, koʻz yoshlar oqar.
Baxtin izlab koʻchaga chiqqan,
Adashib bitgan qizlar yigʻlar.
Buni kechirmas ham zamon,
Ham Momo Havomiz.
Hatto kechirmas bizlarga
Buyuk Odam Atomiz.
Aldanganman deb oʻylamang,
Hayotingizdan sovumang,
Aldaganlar aldanar bir kun.
Agar yashasak koʻramiz,
Hali koʻp xato qilamiz,
Aldaganlar aldanar bir kun.
Har tunning bir kunduzi bor,
Oy tanhomas – yulduzi bor,
Har yetimning sohibi bordir.
Agar yashasak koʻramiz,
Hali koʻp xato qilamiz,
Aldaganlar aldanar bir kun.
Yetimlarning haqqin yeganda,
Qariyalarni xor qilganda,
Yosh bola qizlarning zavoli,
Tutar bizni ular uvoli.
Buni kechirmas ham zamon,
Ham Momo Havomiz.
Hatto kechirmas bizlarga
Eng buyuk Odam Atomiz.
Har tunning bir kunduzi bor,
Oy tanhomas – yulduzi bor,
Har yetimning sohibi bordir.
Agar yashasak koʻramiz,
Hali koʻp xato qilamiz,
Alloh bizni topadi bir kun.
Aldanganman deb oʻylamang,
Hayotingizdan sovumang,
Aldaganlar aldanar bir kun.
Agar yashasak koʻramiz,
Hali koʻp xato qilamiz,
Aldaganlar aldanar bir kun.
Rahmon bizni topadi bir kun…
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!