Dildora Niyozova - Farzandimga

Yoshim yashab, umr tugar boʻlsa agar,
Toshdek boʻlib tuyulsa bu yostigʻu-par.
Tomogʻimdan oʻtmay qolsa tuzu-shakar,
Mehr berib boqqanlarim turarmikin?
Onam, deya menga dalda boʻlarmikin?
Jon deganim jonim uzra oro boʻlib,
Kunduz chiroq, kechda toʻlin oydek toʻlib,
Yursam oyoq, oʻtirsam bir tirgak boʻlib,
Mehr berib boqqanlarim turarmikin?
Onam, deya menga dalda boʻlarmikin?
Koʻz nurimni olar boʻlsa qodir Xudo,
Mador ketib, bu tanamdan boʻlsam ado,
Bilmay qilib qoʻysam balki bir-bir xato,
Mehr berib boqqanlarim turarmikin?
Onam, deya menga dalda boʻlarmikin?
Nabiralar atrofimda oʻynab-kulsa,
Gohida “hey, boy boʻgur”, deb tanbeh bersam,
Imom, qori, domla boʻl deb duo qilsam,
Mehr berib boqqanlarim turarmikin?
Onam, deya menga dalda boʻlarmikin?
Hammani ham qariganda qilsin aziz,
Farzandlari poylarida choʻksinlar tiz,
U xoh oʻgʻil boʻlsin, xoh bir gulday qiz,
Mehr berib boqqanlari tursin doim,
Onam, debon duosini olsin doim.
Lay-la-la-lay, la-la-la-lay,
Lay-la-la-lay, la-la-la-lay,
Lay-la-lay-la-la, lay-la-lay-la-la,
Lay-la-la-la-lay. (x2)
Toshdek boʻlib tuyulsa bu yostigʻu-par.
Tomogʻimdan oʻtmay qolsa tuzu-shakar,
Mehr berib boqqanlarim turarmikin?
Onam, deya menga dalda boʻlarmikin?
Jon deganim jonim uzra oro boʻlib,
Kunduz chiroq, kechda toʻlin oydek toʻlib,
Yursam oyoq, oʻtirsam bir tirgak boʻlib,
Mehr berib boqqanlarim turarmikin?
Onam, deya menga dalda boʻlarmikin?
Koʻz nurimni olar boʻlsa qodir Xudo,
Mador ketib, bu tanamdan boʻlsam ado,
Bilmay qilib qoʻysam balki bir-bir xato,
Mehr berib boqqanlarim turarmikin?
Onam, deya menga dalda boʻlarmikin?
Nabiralar atrofimda oʻynab-kulsa,
Gohida “hey, boy boʻgur”, deb tanbeh bersam,
Imom, qori, domla boʻl deb duo qilsam,
Mehr berib boqqanlarim turarmikin?
Onam, deya menga dalda boʻlarmikin?
Hammani ham qariganda qilsin aziz,
Farzandlari poylarida choʻksinlar tiz,
U xoh oʻgʻil boʻlsin, xoh bir gulday qiz,
Mehr berib boqqanlari tursin doim,
Onam, debon duosini olsin doim.
Lay-la-la-lay, la-la-la-lay,
Lay-la-la-lay, la-la-la-lay,
Lay-la-lay-la-la, lay-la-lay-la-la,
Lay-la-la-la-lay. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!