Ozodbek Nazarbekov - Siz onamga oʻxshab keling

Opa, meni yoʻqlab keling,
Yarim koʻnglim toʻqlab keling,
Sogʻinganman ona mehrin,
Siz Onamga oʻxshab keling. (x2)
Yurakkinam ketmay nurab,
Jigaringiz holin soʻrab,
Shoyi roʻmollarin oʻrab,
Siz Onamga oʻxshab keling.
Goh muzlayman toshli tanday,
Erkalatar edi qanday,
Bolam, deng bir adashganday,
Siz Onamga oʻxshab keling.
Mirzo toʻkar koʻzdan qonin,
Gʻanimatdir har bir onim,
Jonim beray, opajonim,
Siz Onamga oʻxshab keling. (x2)
Doʻst-yor vafo qilmaganda,
Baxtu-omad kulmaganda,
Dunyo yoʻqlab kelmaganda,
Siz Onamga oʻxshab keling.
Yurakkinam ketmay nurab,
Jigaringiz holin soʻrab,
Shoyi roʻmollarin oʻrab,
Siz Onamga oʻxshab keling.
Yarim koʻnglim toʻqlab keling,
Sogʻinganman ona mehrin,
Siz Onamga oʻxshab keling. (x2)
Yurakkinam ketmay nurab,
Jigaringiz holin soʻrab,
Shoyi roʻmollarin oʻrab,
Siz Onamga oʻxshab keling.
Goh muzlayman toshli tanday,
Erkalatar edi qanday,
Bolam, deng bir adashganday,
Siz Onamga oʻxshab keling.
Mirzo toʻkar koʻzdan qonin,
Gʻanimatdir har bir onim,
Jonim beray, opajonim,
Siz Onamga oʻxshab keling. (x2)
Doʻst-yor vafo qilmaganda,
Baxtu-omad kulmaganda,
Dunyo yoʻqlab kelmaganda,
Siz Onamga oʻxshab keling.
Yurakkinam ketmay nurab,
Jigaringiz holin soʻrab,
Shoyi roʻmollarin oʻrab,
Siz Onamga oʻxshab keling.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!