🎵 Qoʻshiq matnlari

Shohruhxon - Aida

1.8K marta oʻqildi
Shohruhxon - Aida
Kim ekan u koʻzlari qaro,
Yuzida xoli bor?
Kim ekan u lablari lola,
Labida boli bor?

Yoqadi nega menga?
Yuragimga bersa edi eʼtibor.
Malikam boʻlib menga,
Hayotimga kelgin yorim bir bor.

Aida, o Aida,
Sochlari oʻram-oʻram mayda.
Aida, Aida,
Sochlari oʻrilgan mayda. (x2)

Oy kabi goʻzal jamol,
Yuzlaring, goʻzalim, misli oy.
Qaro-qaro bunchalar koʻzlaring,
Koʻzlari qaro-qaro.

Yoqadi nega menga?
Yuragimga bersa edi eʼtibor.
Malikam boʻlib menga,
Hayotimga kelgin yorim bir bor.

Aida, o Aida,
Sochlari oʻram-oʻram mayda.
Aida, Aida,
Sochlari oʻrilgan mayda. (x2+x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!