🎵 Qoʻshiq matnlari

Mashxurbek Yuldashev - Tugamas azoblar

4.6K marta oʻqildi
Mashxurbek Yuldashev - Tugamas azoblar
Yomgʻir tomchilari chertib oynamni uygʻotdi,
Tunda qorongʻu xonamni yoritgan oy ham
Yonimda yoʻqliging qilar fosh. (x2)

Ishqda holim, tangdir ahvolim,
Koʻzlarimga qaragin, yor,
Soʻnggi bora qaragin, yor. (x2)

Xatoni sen qildingmi yo men?
Soniyada ming bor oʻlgan men.
Tugamas azoblar, tugamas azoblar. (x2)

Dardimni aytay desam borib daryoga,
Qoʻrqamanda daryo dardimdan kuyib qoladi.
Tinkam quridi yurakdagi ishqning raqsidan,
Ey yoronlar, bu dardimni kim oladi? (x2)

Oynadan aksimni topmay, hotirjam oʻrnimda yotmay,
Vaqtida tong otib, kun botmay,
Aylanadi boshim, oʻzimdamas hushim.

Bilmay qoldim oʻngimmi yo tushim?
Anglamay oqmi, qora, aqlimdan tanim begona,
Umrim xarob, oʻylagan orzu-amalim sarob, sarob.

Ishqda holim, tangdir ahvolim,
Koʻzlarimga qaragin, yor,
Soʻnggi bora qaragin, yor. (x2)

Xatoni sen qildingmi yo men?
Soniyada ming bor oʻlgan men.
Tugamas azoblar, tugamas azoblar. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!