🎵 Qoʻshiq matnlari

Zohirshoh Joʻrayev - Ha-ha

2.4K marta oʻqildi
Zohirshoh Joʻrayev - Ha-ha
Yurak-bagʻrimni tilib,
Qiynoqlaringga solib,
Halovatimni olib,
Azobda qoldirma.

Bitta savolni berib,
Ishonmay, ishonging kelib,
Shamolday tezda yelib,
Ketmagin, yondirma.

Ha, ha, sevaman man,
Ha, ha, ha, yonaman man.
Yoningga borsam, aytaman man:
Takror-takror ha…

Yoningga borsam, nari turma,
Parvolar qilmay, yuzing burma.
Man haqimdagi gumonlaring
Safsata, uydirma.

Yana osmondan kelaverma,
Bitta savolni beraverma,
Gʻururga boʻldi, tegaverma,
Aqldan ozdirma.

Ha, ha, sevaman man,
Ha, ha, ha, yonaman man.
Yoningga borsam, aytaman man:
Takror-takror ha…

Yoningga borsam yana,
Dilimni qilma yara.
Koʻzlarimga bir qara,
Sogʻinch ado qildi.

Zardang yurakni oʻyar,
Dilim-dilim mani kuyar.
Ozgina, sal-pal uyal,
Sabrim ado boʻldi.

Ha, ha, sevaman man,
Ha, ha, ha, yonaman man.
Yoningga borsam, aytaman man:
Takror-takror ha…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!