🎵 Qoʻshiq matnlari

Otabek Muhammadzohid - Sensiz

3K marta oʻqildi
Otabek Muhammadzohid - Sensiz
Sensiz juda qiynalib ketdim,
Yuragimga nazar sol sen ham.
Bundan ortiq azob bormikan –
Sevsam-u, lek sevilolmasam? (x2)

Oh, dilginam yigʻlasa, kuysa,
Oh, qaniydi yigʻlamay, kulsam.
Dardlarimni kimlarga aytay,
Ishq bobida omadsiz boʻlsam?
Sevsam-u, sevilolmasam.

Kunduz desam, kunlarim tunday,
Tonglarim ham yorishmas goʻyo. (x2)
Sensiz juda qiynalib ketdim,
Hayotimda qolmadi maʼno.

Oh, koʻzlaring koʻrolmasam yor,
Oh, soʻzlaring tinglayolmasam.
Dardlarimni kimlarga aytay,
Ishq bobida omadsiz boʻlsam?
Sevsam-u, sevilolmasam.

Sensiz juda qiynalib ketdim,
Xayolimda yashaysan, erkam.
Hayhot, menga armon yormikan?
Sevsam-u, lek sevilolmasam.

Oh, dilginam yigʻlasa, kuysa,
Oh, qaniydi yigʻlamay, kulsam.
Dardlarimni kimlarga aytay,
Ishq bobida omadsiz boʻlsam?
Sevsam-u, sevilolmasam.

Sevsam-u…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!