🎵 Qoʻshiq matnlari

Nodir Xolboyev - Onaizorim

1 daqiqa 2.6K marta oʻqildi
Nodir Xolboyev - Onaizorim
Siyratdagi sirlar koʻchganda tilga,
Ne goʻzal tuygʻular sigʻmasa dilga,
Ming yillik umidlar boʻlganda sarob,
Nima taskin boʻlar kuygan koʻngilga?

Ummon boʻlib toshsa koʻzimdagi nam,
Tor koʻrinsa koʻzga shunday keng olam,
Yashamoqdan bezib ketgan chogʻlarim,
Faqat bir zot boʻlar jonimga malham:
Kunduzi duoda tunlari bedorim, Onaizorim.

Omadim kelmasa yigʻlaganim u,
Istirobda bagʻrin tigʻlaganim u,
Gʻanimlarim qonim ichib shodlansa,
Shunday keng dunyoga sigʻmaganim u.

Men bir sodda kasman, nayrangdan yiroq,
Tortganim istirob, topganim firoq.
Koʻksimda osigʻliq turar hanuz ham
Onam yoshligimda taqqan koʻzmunchoq.
Meni balolardan asrar tumorim, Onaizorim.

Yarimta nonimni ilib ketsa doʻst,
El boʻlib, terimni shilib ketsa doʻst,
Borimni qoʻlimdan yulib ketsa doʻst,
Dildagi sirimni bilib ketsa doʻst,

Kuydirib bagʻrimni tilib ketsa doʻst,
Yiqilsam, ustimdan kulib ketsa doʻst,
Doʻst dedim, doʻstimdan pand yedim oxir,
Dil berib, oqibat dard yedim oxir.

Arosat ichinda toʻlgʻonib, yonib,
Oʻrtanib yashamoq naqadar ogʻir.
Bu yorug‘ dunyoda topganim, borim,
Onaizorim.

Topganim-tutganim bolamga degan,
Har luqma yutganin bolamga degan,
Men koʻrmagan kunlar oʻgʻlimga tortiq,
Bir umr kutganim bolamga degan.

Bolasidan tortsa, kuyganim oʻsha,
Duosida aytib, suyganim oʻsha,
Olislarga ketsam, sogʻinib, alqab,
Suratim koʻksiga qoʻyganim oʻsha.
Farzand qaygʻusida sochlari qorim, Onaizorim.

Senga ne ulashdim, senga ne berdim?
Faqat gʻamni tutdim, faqat dard, ozor.
Koʻzlaringda farzand tashvishin koʻrdim,
Azobimdan meros sochingdagi qor.
Bu telba dunyoda topganim, borim, Onaizorim.

Onaizorim…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!