🎵 Qoʻshiq matnlari

Aziz Nur - Sen menga keraksan

1.7K marta oʻqildi
Aziz Nur - Sen menga keraksan
Koʻchamdan oʻtar goʻzal parvo ham qilmay,
Qaramay ketar goʻzal, nazarga ilmay.
Kulishlari yondirar yuragimni yor,
Hali oʻzi bilmaydi keragimni yor.

Sen menga keraksan, kel, menga keraksan,
Sen menga keraksan, kel, menga keraksan,
Sogʻintirding, ogʻrintirding,
Sen tosh yuraksan! (x2)

Xayollarimda oʻzing, dilimda oʻzing,
Koʻz oldimdan ketmaydi janona yuzing.
Nozlaringni bas qilgin, qadrimni bilgin,
Mani intizor etmay yonimga kelgin.

Sen menga keraksan, kel, menga keraksan,
Sen menga keraksan, kel, menga keraksan,
Sogʻintirding, ogʻrintirding,
Sen tosh yuraksan! (x2)

Yuragim bu dardiga toparmu davo?
Holim soʻrab bir bor kelmaydi bevafo.
Gaplar otsam, qayrilib qaramay ketar,
Lekin goʻzal har kuni koʻchamdan oʻtar.

Sen menga keraksan, kel, menga keraksan,
Sen menga keraksan, kel, menga keraksan,
Sogʻintirding, ogʻrintirding,
Sen tosh yuraksan! (x2)

Ayamagin yorginam shirin soʻzingni,
Koʻzlarimga bir qara, sevdim oʻzingni. (x2)
Soʻzimga ishongin – sevaman seni!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!