🎵 Qoʻshiq matnlari

Hojiakbar Haydarov - Yur muhabbat

3.1K marta oʻqildi
Hojiakbar Haydarov - Yur muhabbat
Oy yuzidan nur yogʻdi sim-sim,
Yur muhabbat, ketdik bu yerdan.
Shirin tushlar koʻrsin sevgilim,
Yur muhabbat, ketdik bu yerdan.

Biz ketsak, yer kengayib qolar,
Osmonlar ham enkayib qolar.
Bir qora koʻz jilmayib qolar,
Yur muhabbat, ketdik bu yerdan.

Na qildim, ey yuzlari zebo,
Aybim ne, deb soʻrama aslo.
Bu dunyo shundayin bevafo,
Yur muhabbat, ketdik bu yerdan.

Biz ketsak, yer kengayib qolar,
Osmonlar ham enkayib qolar.
Bir qora koʻz jilmayib qolar,
Yur muhabbat, ketdik bu yerdan.

Sevgi – dilda yashnagan chechak,
U biz bilan qayda yashasak.
Ne qilibdi bir qizga yoqmasak?
Yur muhabbat, ketdik bu yerdan.

Biz ketsak, yer kengayib qolar,
Osmonlar ham enkayib qolar.
Bir qora koʻz jilmayib qolar,
Yur muhabbat, ketdik bu yerdan.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!