🎵 Qoʻshiq matnlari

Sherali Joʻrayev - Sensan yorim

3.4K marta oʻqildi
Sherali Joʻrayev - Sensan yorim
Nogoh esgan shamollardan,
Shubha-gumon, savollardan, (x2)
Yolg`on, yomon xayollardan
Asragayman seni, yorim.

Jabru-jafo sitamlardan,
Achchiq ko`z yosh, alamlardan,
Ul hasadgo`y sanamlardan
Asragayman seni, yorim.

Sensan yorim, beg`uborim,
Bir umrga vafodorim. (x2)

Xasta bo`lma, darmoningman,
Safarlarda men zoringman. (x2)
Baxtlar tilab har oning man,
Asragayman seni, yorim.

Ko`z tegmasin ko`zimdan ham,
Jim turarman so`zimdan ham,
Sevarman, lek o`zimdan ham
Asragayman seni, yorim.

Sensan yorim, beg`uborim,
Bir umrga vafodorim. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!