🎵 Qoʻshiq matnlari

Bonu - Qora tun

2.5K marta oʻqildi
Bonu - Qora tun
Gullar bargi shivirlasa,
Sening ovozingmi deyman.
Yoqqan yomgʻir tomchilasa,
Bosgan qadamingmi deyman. {x2}

Kunlar yolgʻiz yurib bogʻda,
Shamol bilan soʻzlashaman.
Tunlar esa osmondagi
Oy bilan ham sirlashaman. {x2}

Qora tun oʻxshar koʻzingga,
Zorman har aytgan soʻzingga.
Qaytgin, jonim, qayt izingga,
Hech kim oʻxshamas oʻzingga! {x2}

Meni tashlab qayga ketding,
Qaysi manzillarga yetding?
Axir sensiz yasholmasman,
Nega meni sen zor etding? {x2}

Endi mening tushimga kel,
Xayol boʻlib, qoshimga kel.
Rahming kelib, hech boʻlmasa
Koʻzimdagi yoshimga kel. {x2}

Qora tun oʻxshar koʻzingga,
Zorman har aytgan soʻzingga.
Qaytgin, jonim, qayt izingga,
Hech kim oʻxshamas oʻzingga!
Hech kim oʻxshamas oʻzingga! (x1+x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!