🎵 Qoʻshiq matnlari

Xurshid Rasulov - Ayol qilsa xiyonat

2.3K marta oʻqildi
Xurshid Rasulov - Ayol qilsa xiyonat
Yurgan yo`li malomat,
Kelganda ham qiyomat,
Farishtalar ham qochar
Ayol qilsa xiyonat. (x2)

Oy yuziga dog` tushar,
Ko`ngliga siyoh tushar,
Yuvilmas gunoh tushar
Ayol qilsa xiyonat. (x2)

Erkak egib yurar bosh,
Yeganlari bo`lmas osh,
Sevgan yori qalamqosh,
Ayol qilsa xiyonat. (x2)

Qaro bo`lar kun yuzi,
Kuyib ketar yulduzi,
Baxtsiz bo`ladi qizi
Ayol qilsa xiyonat. (x2)

Aytib turar nigohi,
Shayton bo`lar hamrohi,
Ollohga yetmas ohi
Ayol qilsa xiyonat. (x2)

Yurgan yo`li malomat,
Kelganda ham qiyomat,
Farishtalar ham qochar
Ayol qilsa xiyonat. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!