🎵 Qoʻshiq matnlari

Nosir Alimahsumov - To padar rozi emas

1 daqiqa 2.5K marta oʻqildi
Nosir Alimahsumov - To padar rozi emas
Ey ko`zimning shaʼmisan, ham nuridiydam ravshani,
Odami iymonga yetmay, hech vaqt bo`lmas g`aniy.
Marduming ozori bo`lib, bo`lma Xudoning dushmani,
Osmonga yetsa boshing, qilmag`il maʼlum mani.

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni.

Kechayu-kunduz agar Qurʼon tilovat aylasang,
Shaʼbi ro`z aylab mudom, taqvo-yu toat aylasang,
Misli Hotamdek bo`lib, hayru-sahovat aylasang,
Kabai maqsudni ming yo`l birla ziyorat aylasang,

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni.

Mashriqi, Mag`ribni kezsang, yo`q bu dardingga davo,
Qilmag`ay anda shafoat sayyidi nuri Xudo.
Kuydurur o`lmoq hamon do`zax o`ti go`rda yano,
Yuz fig`onu nola qilsang, hech kishi yo`qdur sango.

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni.

Bo`yi rahmat topmasa, har kimga badkirdordur,
Go`r ani qilmas qabul, chirkin tani murdordur.
Chun Xudo bandam demas, har kim padar ozoridur,
Kim padar ozoridur, andin Xudo bezordur.

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni.

Mashrabo, azmi safar qilg`il ne kun kirdori bo`l,
Bandalikni saqlag`il, shaʼbi sahar bedor bo`l.
Azmi donish aylasang, amri padarga yor bo`l,
Ohiratning havfidan qon yig`lagil, xushyor bo`l.

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni. {x2}
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!