🌙 Tush tabiri

Tushda oyoq kiyim koʻrsa niamni bildiradi

2 daqiqa 3.1K marta oʻqildi
Tushda oyoq kiyim koʻrsa niamni bildiradi
Tushda oyoq kiyim koʻrish ish, kasb, rafiqa, gʻam-anduh demakdir. Boshmoq kiyganini, ichidan oyogʻi chiqib turganini koʻrgan kishi hamma havas qiladigan darajada davlatmand boʻladi. Tor oyoq kiyim qiyinchilik; keng va teshikli oyoq kiyim manfaatli ish, moʻmay daromad, yaxshi haq toʻlanadigan kasb demakdir.

Tushda oyoq kiyim
Etik koʻrish oila qurishga ishoradir. Oʻzining etigini kiyganini koʻrgan erkak ayol tufayli baloga qoladi. Chap oyogʻida teskari kiyilgan oyoq kiyim borligini koʻrgan kishi unutilmas, javobsiz ishqqa duchor boʻladi. Oyoq kiyimni yoʻqotib qoʻyish qiyinchiliklardan qutulish, oyoq kiyimning yirganini koʻrish esa xotini bilan ajrashishga ishoradir.

NEFT

Tushda koʻrilgan neft xayrsiz, zinokor ayolga ishoradir. Neftni harom mol, deb taʼbirlovchilar ham bor. Tushda gaz va boshqa neft mahsulotlarini koʻrish mashaqqat bi- lan qoʻlga kiritiladigan moldir. Mazut, benzin ichganini koʻrgan kishi erosti boyliklaridan foydalanadi. Tushda koʻrilgan neft yomonlik, zulm, jang, deb taʼbir qilinadi.

NILUFAR

Tushda koʻrilgan nilufar yashirinishga, uyalishga yoki dengiz sayohatiga chiqishga ishoradir. Dengiz sayohatiga chiqqan kishining tushida nilufar koʻrishi choʻkishi demak- dir. Nilufar koʻrish toat-ibodat yoʻlida sarflanadigan halol molga ishora hisoblanadi.

NIHOL (KOʻCHAT)

Tushda nihol koʻrish chaqaloqqa ishoradir. Bogʻiga nihol ekkanini koʻrish oilali boʻlsa, farzand koʻrishiga, turmush qurmagan boʻlsa, nikohga dalolat qiladi.

NOGʻORA

Nogʻora koʻrish yolgʻon xabarga ishoradir. Nogʻorasi boʻlgan kishi fitnakor yoki sharob sotuvchi shaxs tarzida taʼbirla- nadi. Qoʻlida nogʻora bilan oʻynagani, baqirib-chaqirganini koʻrgan kishi musibatga yoʻliqadi. Vaqtni bildirish uchun chalingan nogʻorani koʻrish haddan ziyod kibrlangan boy odamni koʻrishga ishoradir. Turli ovozlar, shovqin chiqaruvchi narsalar xasis davlatmandlarga ishoradir.

NUR (YOGʻDU)

Tushda nur koʻrish yashashning osonlashishi va porloq istiqboldan darakdir. Shuningdek, nur ilmu irfon, iqtidor ham.

NUTQ

Tushda nutq soʻzlaganining taʼbiri xutba oʻqishniki singari. Faqat tushda koʻrilgan nutqda siyosiy jihat koʻproq, toʻgʻri soʻzlilik kamroqdir. Hech kim boʻlmagan joyda nutq soʻzlaganini koʻrgan kishi qadri anglashilmasdan dunyo- dan oʻtadi. Juda koʻp kishilarga nutq soʻzlaganini koʻrgan odam siyosatda muhim oʻrin tutadi, davlat taqdirini hal qilishda ishtirok etadi. Nutq soʻzlagani va uni hech kim tinglamayotganini koʻrgan kishi boy boʻlsa, mol-davlatdan, qobiliyatidan, kuchidan ayriladi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!