🌙 Tush tabiri

Tushda koʻz koʻrsa nimani bildiradi

2 daqiqa 5.2K marta oʻqildi
Tushda koʻz koʻrsa nimani bildiradi
Tushda koʻz koʻrsa nimani bildiradi- ish insonning dini va qalb koʻzi, deb taʼbir qilinadi. Tushda koʻz koʻr boʻlganini koʻrgan kishini farzandi nobud boʻladi. Tush koʻrgan kishi kambagʻal yoki mahbus boʻlsa, qilgan ishini qayta qilmasligi kerak.

Falokatda kishi shunday tush koʻrsa, uni falokatdan qutqaradigan odam topiladi. Shunda ikki koʻzining birdan quchogʻiga tushganini koʻrsa, u kishining birodari, oʻgʻli yoki yaqin qarindoshi vafot etadi. Tushda koʻzlari ogʻriganini koʻrgan kishining diniy amallarida kamchiliklar boʻladi.

Tushda koʻz
Tushida koʻzlari juda chiroyli boʻlganini koʻrgan kishi hidoyat ilm bilan mukofotlanadi. Yonida kasal bolasi, xotini yoki boshqa bir qadrdoni boʻlsa, shifo topadi.

Tushda koʻz yoshi
Tushda koʻrilgan koʻz yoshi sovuq boʻlsa, yorugʻliqtsir. Issiq boʻlsa qaygʻu-alam. Yigʻlamagan holda yuziga koʻz yoshlari oqqanini koʻrgan kishiga qarindoshlari haqida yomon soʻzlar aytiladi. Baʼzan koʻz yoshi yolgʻizlik, gʻurbat, mahbub(a)ga eʼtibor tarzida taʼbir qilinadi.

KURSI,OʻRINDIQ

Tushda kursi koʻrgan kishi shon-shuhrat va martabaga ega boʻladi. Avliyolik darajasiga yetadi. Kursi ustida oʻtirganini koʻrgan kishiga ikki dunyo saodati nasib etadi. Kursidan tushganini koʻrgan kishi vazifasidan ozod qilinadi. Tushda koʻrilgan kursi temirdan yasalgan boʻlsa, quvvat va yordamchiga ishoradir. Yogʻochdan yasalgan boʻlsa, nifoq, kuch va yordamchiga ishora qiladi. Kursi ustida oʻtirgan kishiningavliyo yoki merosxoʻr boʻlishi taʼbir qilinadi

KUFR

Tushda Allohning neʼmatlarini rad etish boylikka ishoradir. Kufr davosiz darddir. Shu sababli tushida kofir boʻlganini koʻrgan kishi zavq-safoga berilib, xalqqa zulm qiladi. Kufr ehson bergan kishining neʼmati yoki soʻzini inkor qilishdir. Tushdagi kufr dindagi fitna, dushman yoki odam oʻldirishga ishoradir.

KITOB

Tushda kitob koʻrish kuch-qudratdir. Shu sababli qoʻlida kitob borligini koʻrgan kishi iqtidorga ega boʻladi. Agar kitob ochiq boʻlsa, oshkora xabar, yopiq boʻlsa, yashirin xabarga ishoradir. Tushda oʻgʻilning qoʻlida kitob boʻlishi xushxabar, ayolning qoʻlida boʻlishi quvonchli ishni kutish, deb taʼbir qilinadi. Tushda kitoblarni koʻrish gʻamdan qutulish, mushkullarning oson boʻlishi, gʻaroyib voqealarga guvoh boʻlishiga ishoradir.

KOTIB

Tushda koʻrilgan kotib makkor kishiga ishoradir. Johil banda tushida oʻzining kotib boʻlganini koʻrsa, taʼbirli, hiyla ishlatmoqchi boʻlgan kishining hiylasini bartaraf etishga muvaffaq boʻladi. Kotib boʻlgan kishi tushida yozuvining xunuk ekanini koʻrsa, gunohlariga tavba qiladi. Tushida Ulug kotibning farishtalarini koʻrgan kishi taqvodor boʻlsa, ishlari yurishadi, oʻzi jannat ahlidan boʻladi. Shunday tush koʻrgan kishi taqvodor boʻlmasa, yomonliklardan saqlanishi zarur.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!