🌙 Tush tabiri

Tushda dengiz koʻrsa nimani bildiradi

7.5K marta oʻqildi
Tushda dengiz koʻrsa nimani bildiradi
Dengiz koʻrish mol-mulk, podsho, olim.ilm, ish, kuch demakdir.

Sokin dengizni koʻrish adolatli shox,ni; toʻlqinli, gʻazab bilan chayqalayotgan dengizni koʻrish esa zolim va adolatsiz yurtboshini bildiradi. Dengizdan sovuq suv ichganini koʻrgan kishi boylikka erishadi. Issiq suv ichgan kishi ichilgan suv miqdoricha gʻamga botadi. Dengizni ichib suvini quritganini koʻrgan kishi mashxur olim yoki badavlat kishi boʻladi. Dengizga tushib boʻgʻilganini koʻrgan kishi boylik tufayli baloga uchrash tarzida taʼbirlanadi yoki umrbod qamoq jazosiga maxqum etiladi.

Tushda dengiz

Dengizga tushish dunyo neʼmatlariga gʻarq boʻlish deb taʼbir qilinadi. Dengizdan suv tashiganini koʻrgan kishi davlatdan pul oladi. Dengizda tahorat olganini koʻrgan kishi boy boʻladi. Dengizni uzoqdan tomosha qilganini koʻrgan kishi maqsadiga yaqinlashadi.

Tushda dengizni koʻrsa
Dengizga choptirgan kishi xatosini takrorlaydi. Dengiz ustida yurgani koʻrgan kishi poklanadi, dunyo gʻuborlari bilan kirlanmaydi. Den- giz suvidan ichib shoʻrligini sezish buyruq ostida boʻlishga ishoradir. Dengizdan ilon chiqqanini koʻrish sevimli oʻgʻlonning dunyoga kelishi haqidagi xushxabardir.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!