🌙 Tush tabiri

Tushda kumush koʻrsa nimani bildiradi

2 daqiqa 2.5K marta oʻqildi
Tushda kumush koʻrsa nimani bildiradi
Tushda kumush koʻrsa- kumush tushda koʻriladigan eng xayrli maʼdandir. Kumush koʻrish xursandchilik, farovonlik, toʻgʻri soʻz va xabar, oʻgʻil farzand deb taʼbir qilinadi. Kumush tangalar boylik va oʻgʻil farzand, daragidir. Usti qoraymagan kumush tan- ga koʻrish yaxshilikka yoʻyiladi. Tushida koʻrilgan kumush pul xotini homilador erkak uchun farzanddir.

Tushda kumush tanga
Qoraygan, qirilgan kumush dushmanlik alomat . sanaladi. Kumush tanga koʻpincha, soʻzni anglatadi. Tangalar toza boʻlsa, ilm va yaxshi soʻzga ishora, deb qabul qilinadi. Kumush tangalar sogʻi xayrli amallar miqdoriga ishoradir. Agar koʻrilgan kumush tangalar qalbaki boʻlsa, soʻz va amalda adovat, hiyla, yolgʻon borligini bildiradi.

tushda kitob
Tushda kitob koʻrish kuch-qudratdir. Shu sababli qoʻlida kitob borligini koʻrgan kishi iqtidorga ega boʻladi. Agar kitob ochiq boʻlsa, oshkora xabar, yopiq boʻlsa, yashirin xa- barga ishoradir. Tushda oʻgʻilning qoʻlida kitob boʻlishi xushxabar, ayolning qoʻlida boʻlishi quvonchli ishni kutish, deb taʼbir qilinadi. Tushda kitoblarni koʻrish gʻamdan qutulish, mushkullarning oson boʻlishi, gʻaroyib voqealarga guvoh boʻlishiga ishoradir.

KOTIB

Tushda koʻrilgan kotib makkor kishiga ishoradir. Johil banda tushida oʻzining kotib boʻlganini koʻrsa, taʼbirli, hiyla ishlatmoqchi boʻlgan kishining hiylasini bartaraf etishga muvaffaq boʻladi. Kotib boʻlgan kishi tushida yozuvining xunuk ekanini koʻrsa, gunohlariga tavba qiladi. Tushida Ulug kotibning farishtalarini koʻrgan kishi taqvodor boʻlsa, ishlari yurishadi, oʻzi jannat ahlidan boʻladi. Shunday tush koʻrgan kishi taqvodor boʻlmasa, yomon- liklardan saqlanishi zarur.

KUYOV

Tushda tanbur, surnay kabi cholgʻu asboblari boʻlgan joyda kuyovni koʻrish oʻsha yerda bir kishini vafot yeti- shidir. Biror kishi tushida kuyov borligi, ammo kelinni koʻrmaganini koʻrsa, u kishi vafot etadi. Agar kelinni koʻrsa, uning ismini eshitsa, davlatmand boʻladi.

KUL

Tushda koʻrilgan kul egasini kuydirgan harom mol hisoblanadi. Biror kishi tushida kul koʻrsa, qiyinchilikka tushadi. Kul xafagarchilik, koʻz ogʻrigʻi yoki hidoyatdan soʻng yanglish yoʻlga kirishga ishoradir; tushda kulga duch kelgani, uni toʻplaganini koʻrgan kishi foydasi boʻlmagan yolgʻon soʻz toʻplaydi. Tandirlardan yigʻib olingan kul sadoqatdan toʻplangan mol yoki foydasiz soʻzlarga ishoradir.

KUFR

Tushda Allohning neʼmatlarini rad etish boylikka ishoradir. Kufr davosiz darddir. Shu sababli tushida ko- fir boʻlganini koʻrgan kishi zavq-safoga berilib, xalqqa zulm qiladi. Kufr ehson bergan kishining neʼmati yoki soʻzini inkor qilishdir. Tushdagi kufr dindagi fitna, dushman yoki odam oʻldirishga ishoradir.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!