🌙 Tush tabiri

Tushda jin koʻrsa nimani bildirishi haqida

2 daqiqa 16.8K marta oʻqildi
Tushda jin koʻrish makkor kishiga ishoradir.

Oʻzini jin sifatida koʻrgan kishi hiylakordir. Biror kishi jinning eshigi yonida turganini koʻrsa, zararga yoʻliqadi yoki uning zimmasida bajarilishi kerak boʻlgan nazr borligiga isho- ra qilinadi. Shuningdek, biror qiyinchilik boʻlishi ham mumkin.

Tushda jinlar
Jinlardan birini koʻrgan kishiga dushman tomonidan zarar yetkaziladi. Pari koʻrgan kishi esa yolgʻon gapi- radi. Jin bilan oila qurganini koʻrgan kishi itoatsiz va gunohkor bandaga oshiq boʻladi. Baʼzan esa u yaramas ot, eshak yoki tuya sotib oladi. Bu tushni koʻrgan kishi badavlat boʻlishga munosib boʻlsa, mol-mulkka yoki yashirilgan xazi- naga ega boʻladi.

Jinlar yerga tushirilganini koʻrgan kishiga jin te- gadi. Jinlardan unga zarar keladi. Baʼzan shunday tush koʻrgan kishi sudxoʻrlik qiladi. Jin koʻrish ilon va chayon kabi hashoratlarga, inssnlarga ishora hisoblanadi. Tushi- da oʻzini jin chalgani va hushidan ketib yerga yiqilganini koʻrgan kishi sudxoʻrlik qilgan yoki harom yegan boʻladi. Bu tush koʻrgan kishining sehr-jodu qilgani yoki boyligidan ayrilib gʻamga botishiga ishoradir.

JILOV (YUGAN)

Tushda jilov koʻrish kasbi bor kishi uchun tadbirli boʻlish va boyishga ishoradir. Egarlangan otga yugan so- lib minganini koʻrgan kishi masʼul lavozimni egallaydi. Tushida oʻz ogʻziga yugan solinganini koʻrgan kishi bexuda soʻzlardan tilini asraydi, tinchini taʼminlaydi. Biror kishi tushida otning yugani kesilganini koʻrsa, otboqari vafot etadi ogʻziga yugan solinishi foʻza tutish deb ham taʼbir qilinadi.

JUN (YUNG)

Tush da tuya junini koʻrish foydali narsal arga ishoradir. Tuya juni, koʻp hollarda halol mol, deb taʼbir qilinadi. Olim kishi tushida jundan qidingan kiyim kiygani- ni koʻrsa, taqvodor va zohid boʻladi. Tushda koʻrilgan jun gʻamdan qutulishga ishoradir. Agar jun qattiq boʻlsa, undan qilingan kiyim kiygan kishiga yarashmasa, kambagʻallik va xoʻrlanish alomati sanaladi.

Zaytun

Tushda koʻrilgan zaytun halol mol, deb taʼbir qilinadi. Zaytun daraxtini koʻrish oila va bolalar uchun hurmatli erkakdir. Tushda sariq zaytun koʻrish imondagi nuqson, gʻamdir. Zaytun yogʻi koʻrish ilm, shifo va baraka, deb taʼbir qilinadi.

ZAMZAM

Biror kishi tushida zamzam suvidan ichganini koʻrsa, kasalliklardan xalos boʻladi. Zamzam suvidan ichgan kishi har qanday murodiga yetadi.

ZIKR

Tushida zikr tushganini koʻrgan kishining umri uzoq boʻladi, shunday tush koʻrgan kishi hammaga birdek yoqadi.

ZILZILA

Tushda koʻrilgan zilzila qoʻrquvga ishoradir. Biror kishi tushida yer silkinganini koʻrsa, uning ishi, hayoti qiziqarli boʻladi, yaxshilanadi. Tushda koʻrilgan zilzila faryod, turli xil soʻzlar, noxush xabarlar va sirlarning fosh boʻlishiga ishoradir.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!