🌙 Tush tabiri

Tushda yomgʻir yogʻsa nimani bildiradi

2 daqiqa 3.3K marta oʻqildi
Tushda yomgʻir yogʻsa nimani bildiradi
Tushida yomgʻir yoqqanini koʻrgan kishining qoʻliga halol mol tushadi.

Momoqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqib, goʻfon koʻtarilib, osmon qop-qora boʻlgan holda yomgʻir yoqqanini koʻrish yurtda falokatlar boʻlishiga ishoradir.

Tushda yemgʻir
Bu falokatlar yuqimli kasallik, ommaviy qirgʻin va ocharchilik deb taʼbir qilinadi. Oʻz vaqtida va mavsumida koʻrilgan yomgʻir baraka va quvonchga, boshqa paytdagi yomgʻir esa qiyinchilikka ishora hisoblanadi.

YER

Tushida yam-yashil, sersuv joylarni koʻrgan kishining iymoni mustahkam boʻladi. Shunday joyga uy qurganini koʻrgani kishi baxtli hayot kechiradi. Oʻzini bepoyon sahroda koʻrgan kishi safarga chiqadi. Yerini haydagani, bogʻini qaziganini koʻrgan kishi xotini bilan yaxshi kelishadi. Yeridan moʻl hosil olganini koʻrgan kishining farzandlari, nabiralari koʻp boʻladi.

YERTOʻLA

Tushda koʻrilgan yertoʻla homilador ayolga ishoradir. Yertoʻlaning koʻmilib qolganini koʻrgan kishining onasi kasal boʻlsa, vafot etadi. Notanish yertoʻla, chuqurga tushganini koʻrgan kishi kasal boʻlsa, dunyodan oʻtadi. Kema yoki igunga oʻxshash narsada boʻlsa, choʻkadi. Yoʻlovchi boʻlsa, safarda boʻlsa, yoʻli yopiladi. Dushmanlik holida boʻlsa qamaladi. Agar bunday holatlarda boʻlmasa, ichiga kirish maqul boʻlmagan hammomga yoki zinakor ayolninguyiga kiradi.

Tushda doʻl
Tushda doʻl yoqqanini koʻrish xukmdorning fuqarolarga azob berishi, mol-mulkini talon-taroj qilishi, baʼzilarga tan azobi berishi tarzida taʼbirlanadi. Bemavrid qor yoki doʻl yoqqanini koʻrgan kishi kasallikka yoʻliqadi, kasal boʻlsa darddan tezda qutuladi. Ustiga doʻl yoqqanini koʻrgan kishining moli qoʻldan ketadi. Vaqtida yoqqan qor va doʻl gʻamlar barham topishi, dushmanlar va xoinlarning yoʻqolishini bildiradi.

DORI-DARMON

Tushdagi dori-darmon imonning butligidir. Dori ichga- nini koʻrgan kishi dindor boʻlsa, dinda toʻgʻrilikka erishadi. Din bilan aloqasi boʻlmasa, dunyosi obod boʻladi.Tushda dori ichish ilm, nasihat va bulardan foydalanishga ishora- dir. Tushda dorini rad etish, ichmaslik haq yoʻldan qaytish, yoʻldan ozish nafsining istaklarini afzal koʻrishdan darakdir. Hapdori dunyoga hirs qoʻyish, dorining ichil- gani rizq-nasiba, yutilgani isyonkor uchun ilmdan hazar qilishdir. Tushda pilik ishlatish soʻrab-surishtirish, sirli narsalarni bilishga qiziqish alomatidir. Koʻziga dori tomizganini koʻrgan kishi diniy hayotga yanada koʻproq ahamiyat beradi. Yutish qiyin boʻlgan, tomoqdan oʻtishi mushkul boʻlgan dori tez tuzaladigan kasallikdir.

DOYA

Doya yordamchi va oʻrinbosardir. Goʻzal va yosh doya koʻrgan kishiga umrining oxirigacha davom etadigan doʻstlik na- sib etadi. Baʼzi taʼbirchilarning fikricha, doya koʻrish qizli boʻlishga, keksa va xunuk doya tush koʻrgan kishining farzandlari oʻta zakovatli boʻlishiga ishoradir.

DUO qilish

Tushda duo qilish duo qilganning duosi qabul boʻlishi, hidoyat, rizq va buyuk zotlar yonida maqtanishiga ishoradir. Tushdagi duo maqsadga yetish va farzanddan darak. Umuman olganda, duo yaxshi bir tushdir. Har bir duo nima maqsadda qilingan boʻlsa, shunday taʼbir qilinadi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tush tabiri

Tushda jin koʻrsa nimani bildirishi haqida

23-iyun, 202016.8K