🌙 Tush tabiri

Tushda namoz oʻqisa nimani bildirishi haqida

3 daqiqa 26.5K marta oʻqildi
Tushda namoz oʻqisa nimani bildirishi haqida
Tushda namoz oʻqisa-Tushdagi ibodat (u goh farz boʻlsin, xoh sunnat) toʻgʻri yoʻlga kirish, ikki dunyo saodatiga erishishga ishoradir.

Allohdan boshqasiga ibodat qilganini koʻrish ishlarning teskari ke- tishi, Allohninig gʻazabiga uchrash, moddiy va maʼnaviy zarar koʻrishdan darakdir. Baʼzi taʼbirchilar ibodatni Alloh ishqi, hidoyat yoʻli, rizqnasiba, mol-mulkka erishish, dushmanga qarshi gʻalaba qozonish, deb taʼbir qiladilar.

Tushda ibodat
Tushda ibodat qilish maqsadida ehromga kirganini koʻrish maʼnaviy poklanishga ishoradir. Ibodatxona qurdirganini koʻrgan kishi kutilmagan joydan yordam oladi, boyib ketadi.

Tushda cherkovda ibodat
Tushida cherkovda ibodat qilayotganini koʻrgan kishi erkak boʻlsa, zinokor ayol bilan topishadi. Masjidda ibodat qilganini koʻrgan kishi esa ezgu ishlar qiladi. Erkak kishi shunday tush koʻrsa, nomusli ayolga uylanadi. Doʻkonda ibodat qilganini koʻrgan kishi daromadi ortishi uchun yelib-yuguradi.

IGNA
Tushida igna, ip, gʻaltak kabi narsalarni koʻrish kiyim tikish kuch-qudrat deb taʼbir qilinadi. Oʻzining ip bilan bogʻlanganini koʻrgan kishining imoni, taqvosi mustahkamlanadi. Shunday tush koʻrgan kishi boʻydoq boʻlsa, uylanadi; musofir boʻlsa, yurtiga qaytadi. Igna-ip koʻrgan kishi murodiga yetadi.

ilon
Tushda ilon koʻrish dushman, deb taʼbir qilinadi. Katta, uzun ilonni koʻrish qoʻrquv, xavotirga ishoradir. Biror kishi tushida koʻrgan, ammo qoʻrqmagan ajdarho u kishi- ning davlati, qudrati hisoblanadi. Ilon badavlat kishiga ishoradir.

Tushida ilonni uyiga olib kirganini koʻrgan kishi dushmanlarining makriga uchraydi. Ilonni ushla- ganini koʻrgan kishiga dushman tomonidan mol-davlat keladi. Tushida ilonni oʻldirganini koʻrgan kishi dushma- nidan ustun keladi.

Tushida ilon chaqqanini koʻrgan kishi dushmanidan aziyat koʻradi. Tushda ilonlarning koʻchalarda yurganini koʻrish urush chiqishiga ishoradir. Qora ilon eng kuchli, ayyor dushman hisoblanadi. Ilon sel va boylikka ishoradir. Tushda biror uydan ilon chiqqani koʻrilsa, u uy yiqiladi. Kasal kishining ogʻzidan ilon chiqsa, u vafot etadi.Uy iloni qoʻshni; choʻl iloni qaroqchiga ishoradir.

imom
Tushda masjid imomi boʻlganini koʻrish biror narsaga kafillik, deb taʼbir qilinadi. Tushda imomni koʻrish yoʻlboshchilik, soʻzi oʻtadigan kishi, deb taʼbir qilinadi. Oʻzining imom boʻlgani, tahoratli holda qiblaga qarab, jamoatga nuqsonsiz namoz oʻqitganini koʻrgan kishi doʻstlarga xiyonat qiladi va bidʼat toʻqiydi.

Oʻzining erkaklarga imomlik qilayotganini koʻrgan ayol vafot etadi. Birbr kishi oʻzi tik turgan, jamoat oʻtirgan holda imomlik qilganini koʻrsa, u kishining jamoat haqiga rioya etgani, jamoaning esa uning haqiga rioya etmagani anglashiladi.

Ayollarga namoz oʻqitganini koʻrgan kishi qoloq qavmining ishlarini boshqaradi. Tushida oʻzining insonlarga imom boʻlgani, ammo Qurʼon oʻqishga qodir emasligini koʻrgan kishi orzusiga erisha olmaydi. Biror kishi oʻzini tom- da namoz oʻqitayotganini koʻrsa, shahar xalqiga yaxshilik qiladi va bergan puli, sadaqasi, qarzi evaziga insonlar orasida nom chiqaradi.

INJU (MARVARID, DUR)
Tushda inju koʻrish farzand, ilm, hikmat, boylik, Qurʼon, deb taʼbir qilinadi. Sochilgan injularni koʻrish farzand va davlatdir. Tushda koʻrilgan tizilgan inju ilm, hikmat va Qurʼondir. Hovuchida bir.-ikkita inju borli- gini koʻrgan kishining injular soniga teng solih far- zandlari boʻladi. Yerga sochilgan, toʻkilgan injular oʻrnini topmagan yaxshilik va oʻrgatilmagan ilmga ishoradir.

Tuzilgan inju maʼnaviy goʻzallika, tizilmagan inju mol-davlatga, farzandlarga ishora hisoblanadi. Ogʻziga inju solganini tush koʻrgan kishi gʻoyatda taqvodor boʻladi. Tushida injuga ega boʻlganini koʻrgan kishi oila quradi. Tushda injuni omonatga olish umri qisqa farzandga ishoradir. Tushda koʻrilgan inju har bir narsaning kamoli va husnidir. Biror kishi oʻzini inju sanaganini koʻrsa, mashaqqatlarga duchor boʻladi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Tush tabiri

Tushda jin koʻrsa nimani bildirishi haqida

23-iyun, 202016.8K