Tushda anor koʻrsa nima deb taʼbir qilinishi haqida

Tushda anor koʻrish mavsumida koʻrilsa, mol-davlat va ayol, deb taʼbir qilinadi. Nordon anor koʻrish qaygʻu, xafagarchilikka ishoradir. Mavsumidan tashqari koʻrilgan shirin anor ham kasallik, ham xafagarchilikdir. Tushda anor koʻrish pul, deb ham taʼbir qilinadi.
Tushda anor
Tushida anor sotga- nini koʻrgan kishi dunyoni oxiratdan ustun qoʻyadi. Tushda anor daraxtini koʻrish dindor, badavlat kishi, deb taʼbir qilinadi. Uning tikanlari kishini gunoh va fahsh ishlardan qaytaradi. Agar tush koʻrgan kishi amaldor boʻlsa, dushmanlaridan ustun keladi.
Tushda anor darahti
Savdogar boʻlsa, savdosi yurishadi. Anor daraxtini kesish qarindosh-urug‘ bilan aloqani mustahkamlash zarurligiga ishora, ogohlantirishdir.
AYIQ
Tushda ayiq koʻrish fitnakor; baʼzan esa hiylagar yoki yomon xotin; baʼzan qamoq sifatida taʼbirlanadi. Tushida ayiqni oʻldirish kishi dushmanlaridan ustun kelishidir.
ARSLON
Tushida arslonni koʻrgan kishi davlat arboblari bilan uchrashadi, suhbatlashadi. Arslonga mingan kishiga obro‘- eʼtibor koʻrsatadi. Arslon davlat yoki raqib demakdir.
ARSH
Tushida arshi aʼzamni koʻrgan kishi yuqori martabaga erishadi, orzulari amalga oshadi. Bunday tush avliyolik darajasiga etish ishorasi hamdir. Shuningdek, buyuk ki- shilar bilan uchrashishni bildiradi. Prezident, bosh vazir, avliyolar kabi.
ASIR BOʻLISH
Tushdagi asirlik qaygʻu-iztirobdir. Asirlarni koʻrish esa yuqori martaba, hurmat-eʼtibordan darak. Biror qoʻmondon yoki davlat arbobining asir boʻlganini koʻrish moddiy manfaatdir. Qisqa muddatli asirlik gʻam, ziyon- dir. Asirlikdan qutilishning taʼbiri esa aksincha. Asir- ni qutqarish biror kishiga yaxshilik qilishdir.
ASKAR
Tushda askar, paygʻambar, davlat arbobi yoki olimni koʻrishi moʻminlarga madad berish ishorasidir. Bir kishi biron shaharga biron koʻchada yoki biror mahallaga askar kelganini koʻrsa, u yerlarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi taʼbirchilar askar koʻrishni moʻminlar uchun najot va zolimlardan intiqom olish, deb ham taʼbirlaydi.
ASKAR, QOʻSHIN
Tushda qoʻshin koʻrish Allohning askari boʻlgan rahmat va azob farishtalari deb taʼbir qilinadi. Qoʻshinda askar ekanini koʻrgan kishi kasal boʻlsa, vafot etadi. Kasal boʻlmasa gʻamga botadi. Biror joyga qoʻshin kirganini koʻrish oʻsha joyda yomgʻir yogʻishiga ishoradir. Tushda askar koʻrish moʻminlar uchun gʻalaba, zolimlar uchun qasosdir.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!