Tushda daraxt koʻrsa nimani bildiradi

Tushda daraxt-tushda daraxt koʻrish xayrli hisoblanadi. Agar tushingizda qanday daraxt ekanini bila olmayotgan boʻlsangiz siz ibodat ahlidan ekansiz va yaxshilik koʻrasiz. Tushda mevasiz manzarali, oʻrmon daraxtlarini koʻrish yaxshilikka yoʻyilmaydi. Tushga zaytun daraxti kirishi foydalidir. Agar siz tushingizda anor daraxtini koʻrsangiz qoʻlingizga halol mol keladi. Shirin taʼmli anorni koʻrish foydadan darakdir.
Tushda daraxt
Sitrus mevalarni (apelsin, mandarin kabi) daraxtlarni koʻrish yaxshi kishi bilan doʻst tutinish va oila qurishdir. Har tomonlama yaxshi deb taʼbir qilinadi. Kim tushida qovoq palagini koʻrsa shifokor boʻladi. Oʻzi ham sog‘-salomat boʻladi. Tut daraxti tushingizga kirsa, badavlat va hunarli boʻlasiz. Tut pishigʻi faslida tush koʻrgan boʻlsa unda hamma manfa- at koʻradi. Qishda tut daraxtini koʻrish ob-havoning yomonlashishi va boʻrondan darakdir. Tushida archa va chinor daraxtini koʻrgan kishining qoʻliga oltin va kumush, pul tushadi. Mushk daraxtini koʻrgan kishi badavlat va saxiy boʻladi. Agar tush koʻruvchi ayol kishi shunday tush koʻrsa boyiydi.
Tushda olma daraxti
Olma pishigʻida olma daraxtini koʻrgan kishi kasal boʻlsa tu- zaladi. Boshqa faslda olma daraxtini koʻrgan kishi esa kasallikka yoʻliqadi.
Tushda qizil olma
Qizil olma tush koʻrgan kishining iymoni zaifligidan dalolatdir. Jiyda daraxtini tush koʻrgan kishi halol rizqqa erishadi. Xurmo daraxtini tushida koʻrgan kishi manfaat koʻradi. Nok pishadigan paytda nok daraxtini koʻrib mevasidan yegan kishi niyatiga yetadi. Boshqa faslda koʻrilgan shunday tush esa harom moldan da- lolatdir. Tushda shaftoli yeyish yaxshi emas. Anjir daraxtini koʻrgan kishi boyiydi, ammo boyligi tezda koʻldan ketadi. Tushida anjir yegan kishi oila quradi, farzandlar koʻrib baxtli yashaydi.
Tushda yongʻoq daraxti
Tushida yongʻoq daraxti yegan kishi xushmuomala, biyron boʻladi. Yongʻoq pishgan faslda tushida yongʻoq yegan kishi qiyinchilikka duch keladi. Tushida oʻrmon yongʻogʻini koʻrib uning mevasidan yegan odamning qoʻliga harom mol tushadi. Tushida majnuntolni koʻrish yaxshilikka yoʻyiladi. Uzum pishigʻida oq uzum koʻrgan yoki yegan kishi badavlat boʻladi. Uzum pishmaydigan faslda shunday tush koʻrgan kishi qiyinchilikka uchraydi. Gilos daraxtini tush koʻrgan kishi oʻgʻilli boʻladi. Gilos pishadigan faslda gilos daraxtini, uning mevasidan yeganini tush koʻrgan kishinng qoʻliga halol pul tushadi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!