🌙 Tush tabiri

Tushda daryo koʻrsa nimani bildiradi

7K marta oʻqildi
Tushda daryo koʻrsa nimani bildiradi
DARYO

Tiniq suvli daryoda choʻmilgani yoki undan suv ichganini koʻrgan kishi davlat arboblari bilan doʻst tutinadi va badavlat boʻladi.

Tushda daryo
Loyqa suvli daryoda suzganini koʻrgan kishi gʻam-qaygʻu dengiziga tushadi. Daryoda tahorat olganini koʻrgan kishi gunohlariga tavba qiladi. Sokin oquvchi daryo olim kishiga ishoradir. Biror kishi tushida koʻrgan daryoning ichiga kirsa va kaytib chiqolmasa, ajali yetgan boʻladi. Tushda koʻrilgan daryo suvi tiniq boʻlsa, yaxshilikka, loyqa boʻlsa, yomonlikka yoʻyiladi.

Tushda
daryo koʻrish
Tushda daryo koʻrish ishlarning rivoji va daromadining ortishiga ishoradir. Daryo koʻrish moʻl-koʻllik, rohat- farogʻat, deb taʼbir qilinadi. Daryoda choʻkkanini koʻrgan kishi tezda vafot etadi. Daryoda kir yuvganini koʻrgan kishi diniy tashkilotga yordam berib, savob qiladi. Daryo va soylarda toshlar koʻrish tush koʻrgan kishining bandligi va baxtsizligiga ishoradir.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!